Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Luis Enrike: "Terma jamoa o'zagini "Real" futbolchilari tashkil qiladi, bu menga yoqadi"

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasida Xorvatiya tor-mor etilganidan so'ng (6:0) fikrlarini bildirdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasida Xorvatiya tor-mor etilganidan so'ng (6:0) fikrlarini bildirdi.

"Klub va terma jamoalarni taqqoslashdan ma'no yo'q. Bizda o'z o'yin g'oyamiz bor va u bugun yaxshi ish berdi Biz o'ta foydali o'yin ko'rsatdik va aqlbovar qilmas gollar urdik.

Biz avvalgidek yaxshi jamoa bo'lishni istaymiz. Bu o'n kun ichida menga yigitlarning ishga bo'lgan munosabatlari yoqdi. Hammasi bir kunda o'zgarib ketishi mumkin. Men g'alabaning ahamiyatini oshirib yuboradligan va mag'lubiyatdan fojia yasaydiganlardan emasman.

O'yinda muvozanant o'rnatishni istayman. Boshlang'ich tarkibda "Real"ning olti o'yinchisi borligini bilmagan edim, bu meni qiziqtirmaydi. Hamma yigitlar Ispaniya milliy terma jamoasi uchun o'ynaydilar. Ular terma jamoa sharafini himoya qiladilar, klubning emas. Ha, termaning o'zagini "Real" futbolchilari tashkil qiladi, bu menga yoqadi.

"Barselona"dan hech kim qolmadi? (Buskets 59-daqiqada almashtirildi). Men terma jamoa libosidagi o'yinchilarni ko'raman.

Guruhdan chiqish imkoniyatlari? Angliya va Xorvatiyani yana bir martadan yutish kerak", - deydi Enrike.

BestMaster
12 Sentabr 2018, 08:10
enrike, terma, jamoa, ozagini, real, futbolchilari, tashkil, qiladi, menga, yoqadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads