"Fluminense" klubi prezidenti Pedro Abad "Qirollik klubi" uning futbolchisi Pedro Gilermega qiziqayotgani haqida fikr bildirib o'tdi. Prezident klub hujumchining Yevropaga ketishi uchun eshiklari doim ochiq ekanligini aytib o'tdi.
"Har bir o'tkazilgan muzokaralar uch tamonlarni ham qoniqtirishi kerak, futbolchi va ikkala klub. Hamma tamonlama kelishilganidan so'ng bir qarorga kelsak bo'ladi. Biz Pedro borasida ko'p takliflarni qabul qilmoqdamiz, lekin birortasi ham bizni qoniqtirmayapdi. Agarda "Madrid" bizga taklif jo'natsa va bu bizni qoniqtirsa muzokaralarni boshlaymiz. Bu transfer yil oxirida amalga oshishi mumkin. Hozir bu haqida o'ylash vaqti emas", - deydi prezident.
Pedro Gilerme yaqindagina klub bilan 2021-yilgacha shartnomani uzaytirdi. Uning tovon puli 50 mln yevro. Hozirgi kunda 21 yoshli hujumchi Braziliya chempionatida 23 o'yinda 12 ta gol bilan yaqqol to'purar bo'lib turubdi. 5 karra jahon chempionlari ustozi Tite yosh hujumchini terma jamoaga ham jalb qilgan edi, biroq futbolchi mashg'ulotlarida tizzasidan jarohat olgani sabab o'rniga Risharlison termaga chaqirildi.
Bobojonov