Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames - qiyinchiliklarni engib, mag'lub bo'lgan “Real” yulduzi

Xames Rodriges Madridni tark etmoqda. 

.
- Yuklab olish

Xames Rodriges Madridni tark etmoqda. Ispaniyaning OAV xabarlariga ko'ra, yaqin orada Xames “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashi kerak. Aslida, Xames shu kunga etishish uchun qanchadan-qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirgandi.

90-yillarda Kolumbiya davlati juda notinch edi. Oddiy xalq juda ham qiynalardi, davlat esa Pablo Eskobar ismli narkobaronni hech ham ushlay olmasdi. Pablo Eskobar o'z davlatini nimalar qilmadi. Portlatdi, narkomaniyani yuzaga keltirdi. Mana shu sharoitda Kukuta shaharchasida kichkintoy Xames Rodriges o'sib-ulg'aygan.

3 yoshli Xames onasi bilan birga pulsiz qoladi. Otasi ularni tashlab, boshqa ayolga uylanadi. “Men uni umuman eslay olmayman. U bizni tashlab ketganidan so'ng xabar olishga ham kelmagan”, – deya eslaydi Xames. Biroq Xamesning onasi bolasi och qolishiga yo'l qo'ymaydi va kun ko'rish uchun pul topishga harakat qiladi. Tez orada ayol boshqa erkakka turmushga chiqadi. “Men hech qachon uni o'gay ota sifatida ko'rmaganman. U mening haqiqiy otam. Usiz men hech nimaga erisha olmasdim”, — deya eslaydi Xames. 5 yoshli Xames birinchi marotaba otasi bilan mashg'ulotga chiqadi va o'z iqtidorini otasiga ko'rsatadi. Bundan hayratlangan ota darrov videoga tushirib, klublarga jo'natadi. Javob esa o'zini ko'p kuttirmadi.

Yildan-yilga Xamesning iqtidori shu darajada bilinib keldiki, 14 yoshidayoq “Envigado” jamoasining asosiy tarkibiga tushadigan bo'ldi. Bunday iqtidorni ko'zdan qoldirishning o'zi bo'lmasdi. 2008-yilda Xames Argentinaning “Banfild” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi va keyingi mavsumda tarixiy chempionlikni qo'lga kiritadi.

18 yoshga to'lgach, Rodriges oliy o'quv dargohiga dasturlash yo'nalishiga o'qishga kiradi. Bir necha vaqt u o'qish bilan professional futbolni birga olib ketishga vaqt topa oladi. Biroq “Portu” jamoasi safiga o'tganidan so'ng o'qishni tashlashiga to'g'ri keladi. Futbol sabab Xames darslarda qatnashishga qiynaladi. “U a'lo baholarga o'qishi mumkin edi, biroq yaxshi bahoga o'qirdi”, – deya ta'kidlagandi Xamesning o'qituvchisi. Xamesning o'zi esa hali ham oliy ma'lumot egasiga aylanish niyatida futbolchilik faoliyatini tugatganidan so'ng o'qishni davom ettirsa kerak.

Xamesni butun dunyo 2014 yilda tanishni boshladi. Kolumbiya terma jamoasi o'z o'yini bilan butun dunyoni hayratga soldi va ko'nglidan joy egalladi, Xames esa Kolumbiyaning etakchisi va to'purariga aylandi. Chempionatdan so'ng “Inter” tezroq Xamesni o'z safida ko'rishga harakat qildi, ammo “Real” chaqqonroq chiqdi. Xames keyinchalik “qirollik klubi”ga o'tganidan juda ham afsuslandi.

Uni Karlo Anchelotti jamoaga taklif qilgandi va markazdagi hujumlarning hammasi Xames boshchiliga o'tardi. Keyingi yil klubga Rafa Benites kelganidan so'ng Xames jamoa uchun juda ham kerakli o'yinchi ekanligini ta'kidladi, xolos. Aslida esa Rodriges zaxira o'rindig'ida qolib ketdi. Hatto o'zining yuqori sport formasiga ega ekanligida ham Rafa uni zaxirada qoldirardi. Tez orada bosh murabbiy almashdi va Zineddin Zidan keldi. Biroq vaziyat o'zgarmadi va Xames asosiy tarkibga kira olmadi.

“Zidan nima uchun men bilan bunday munosabatdaligidan xabarim yo'q”, – deya axiyri o'z e'tirozlarini aytdi Xames. Qariyb har mashg'ulotda asosiy tarkibda tushish bo'yicha Xames Zidan bilan bahslashib qolardi. Mana shu janjallarning biridan so'ng Xames “Real”ni tark etishga qaror qiladi.

Xames uchun hozirda eng yaxshi variant bu “Manchester Yunayted”. Nafaqat Xames uchun, balki uning azob chekkan sevimli rafiqasi Daniel Ospina uchun ham juda yaxshi bo'ladi.

BestMaster
16 Iyun 2017, 13:00
xames, qiyinchiliklarni, engib, maglub, bolgan, “real”, yulduzi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 pogbaa  
kelaqol xamesjon
16 Iyun 2017, 14:53
MASTER_ALI
 MASTER_ALI  
James Realda qosa zör bölardi
20 Iyun 2017, 10:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads