Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich Ronaldu va Messi gegemoniyasiga nuqta qo'ya oladimi?

Luka Modrich faoliyatidagi eng muhim davrni o'tkazmoqda. "Madrid" drijori so'nggi 5 yilda 4 marta Chempionlar Ligasini yutdi va klub uchun eng foydali ishlarni bajari  kelmoqda. Shuningdek yarimhimoyachi Rossiyada o'ykazilgan mundialda o'z jamoasi bilan finalga yetib bordi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va mehnatlariga munosib tarzda UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun sovringa ham ega chiqdi.

Endi navbat FIFA sovriniga. FIFA The best sovrini uchun yakuniy 3 nafar ro'yxatda ham Lukaning joy olishi e'tiborga molik. Bu sovrin 2 yil oldin ta'sis etilgan va ikkalasida ham Krishtianu Ronaldu sovringa ega chiqgan. Agarda Modrich FIFA tomonidan topshiriladigan eng yaxshi futbolchi uchun sovrinni qo'lga kiritsa, bu "Oltin to'p" uchun tashlangan ulkan qadam bo'ladi.

Voqealar rivoji shu zaylda davom etsa so'nggi 10 yillikda o'rnatilgan Ronaldu-Messi erasiga yakun yasalishi mumkin. Zero so'ngi 10 yilda bu sovrinni ikkala futbolchi 5 martadan yutishdi.

Ma'lumot uchun, Marca tomonidan o'tkazilgan so'rovda 87% muxlis Luka Modrich FIFA The best sovrini olishini tahmin qilgan.

Bobojonov

BestMaster
4 Sentabr 2018, 18:10
modrich, ronaldu, messi, gegemoniyasiga, nuqta, qoya, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads