Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegining yangi «Real»i

Jahon chempionati boshlanishiga 1 kun qolganda, lavozimini noihtiyoriy tarzda tark etgan Xulen (Yulen) Lopetegi dunyoning eng nomdor jamoalaridan biri “Real” Madridda yangi shartnoma bilan kutib olindi.

.
- Yuklab olish

Futbol bo'yicha Ispaniya milliy terma jamoasini Rossiyada o'tgan futbol bo'yicha Jahon chempionati boshlanishiga 1 kun qolganda, lavozimini noihtiyoriy tarzda tark etgan Xulen (Yulen) Lopetegi dunyoning eng nomdor jamoalaridan biri “Real” Madridda yangi shartnoma bilan kutib olindi. Ispaniya terma jamoasidan ketish unchalik chiroyli bo'lmadi bu murabbiy uchun. Peres bobo qop-qop pul va'da qilganda har qanday murabbiy ham rad javobini berishga qiynalishini ko'p bora ko'rganmiz. Lopetegi esa shoshib qoldi va “Real” bilan tuzilgan shartnomani Jahon chempionati tugagach e'lon qilinglar degan gapni aytishga ulgurmay qoldi, chog'i. Aslida bu professional murabbiylar va futbolchilar, bir jamoani tark etishdan oldin boshqa bir jamoa bilan og'zaki kelishuvlarga erishsalarda, buni amaldagi jamoani tark etmaguncha ommaga oshkor qilishmasdi. Xulenning futbol olamidagi hamin qadar obro'sini, Peres boboning qo'rqmay OAVga “Zidan bo'lmasa boshqasi” qabilida qilgan harakati yanayam uning nomi haqida ijobiy bo'lmagan fikrlar shakllanishiga olib keldi.

Xo'sh, bu murabbiy kim o'zi?! U qanday qilib “Real” postiga kelib qoldi?! Shuncha mashhur murabbiylar turganda, hali tayinli natijaga erishmagan, bisotida biror nomdor kubok bo'lmagan murabbiyni “20 asrning eng yaxshi futbol klubi”ga olib kelishdan maqsad nima edi?!

La Liga start oldi. Jamoalar 3-turni kuni kecha yakunlashdi. Madrid jamoasi chempionat startidan oldin shaharning boshqa bir jamoasi bilan Evropaning yana bir sovrini uchun bo'lgan bahsda ham maydonga tushdi. Lopetegining “Real”iga qarab bir narsani aniq aytish mumkin: MINI ISPANIYa TERMA JAMOASI! Ko'plab paslar, to'pni o'zida ushlab turish. “Real” muxlislari xafa bo'lishmasinu, qaysidir nuqtalarda bu o'yin turi menga “Barselona”ning o'yinlarini eslatib yuboryapti.

Zidanning “Real”ida markazni ko'pincha 3 yarim himoyachi egallardi. Ulardan biri to'liq himoyaga qarashsa bir maydon markazida qolgan uchinchi asosan Modrich hujumni boshlash vazifalarini bo'lib olishgandi. Qanotlar asosan qanot himoyachilarining, ya'ni Marselo va Karvahalning hujumda qatnashishlari evaziga yarim himoyada balans hosil bo'lardi. Lopetegining 4 o'yinda ko'rsatgan o'yinda, biz ikki markaziy yarim himoyachilarni ko'ryapmiz. Ularning biri raqib hujumini qaytarishga ikkinchisi esa, hujum qaytganda hujumni boshlashga harakat qilyapti yoki minimal talab to'pni o'zida ushlab turish. To'g'ri, mavsum endi boshlandi, balki bu mavsum boshidagi aldovchi manevrdir, ammo kimsan Chempionlar Ligasining oxirgi 3 mavsumi g'olibining o'yin uslubi haqida gap ketyapti. Demak, bu variant chetga chiqadi. Shunisi diqqatga sazovorki, Lopetegi o'z o'yin falsafasini futbolchilarga tushuntira olyapti. Gap boshida bekorga, “Real”ni mini Ispaniya termasiga o'xshatmadim. U negadir ispan futbolchilariga yon bosayotgandek. Jahon chempioni Rafael Varanning UEFA superkubogida qilgan birgina xatosi uchun, u hozir zaxiradi. Maydonda Nacho! Bu birgina misol bo'lsa-da, ammo etarlicha mushohada chorlaydi?! Qo'lingizda Jahon Chempioni va Nacho. Kimni tanlaysiz?!

Shaxsan meni, Nachoning maydonda Varan o'rnida o'ynayotganidan ko'ra, futbol olamida kamyob bo'lmish “dirijer”lik bilan shug'ullanadigan Modrichning kayfiyatsiz o'yinni zaxiradan kuzatayotgani. OAVda Modrich “Real” safiga kechroq kelgani aytilyapti. Shu sabab tushmayotgan emish. Xorvatiyaning JCh-2018 qilgan ishlarida Modrichning o'rni qanday ekanini futbol muxlislariga tushuntirish men uchun uyat! Lekin unga nega joy yo'q?! Modrichgaya?!

Hujum chizig'ida alohida mavzu. Beyl va Benzema gol urishyapti. Jamoa 4 o'yinda ham gol urdi, 3 tasida g'olib bo'ldi, birida mag'lub. Ammo “Real”ning o'yinini oxirgi 9 yildan beri kuzatayotganlar biladi, ular negadir g'oyasiz harakatlanayotgandek. 9 yil Ronalduga to'p oshirildi, undan qolganlarini Benzema, Beyl va qolgan futbolchilar bo'lib olishardi. Endi Ronaldu yo'q, ular to'pni tepishmoqda, ammo hujumdagi yakdillik, biz o'rgangan bir g'oya atrofida birlashish ko'rinmayapti.

Lopetegi uchun yanvargacha bo'lgan muhlat juda og'ir kechadi. “Real” “Arsenal” emaski, jamoa murabbiyiga qachondir yutgan kubogi uchun tinimsiz shartnoma taklif qilaversa. Bu gapimdan “Arsenal” muxlislarini ranjitish niyatim yo'q, shunchaki “Los blankos” rahbariyatida sabr degan narsa juda juda kam. Oxirgi 10 yil ichida almashib ketgan 15 dan ortiq murabbiylar gapimning isboti.

Xullas, yanvar oyida Lopetegining “Real”ini asl g'oyasini tushunsak kerak! U hayotidagi eng muhim yilda. Yo obro' oladi, yoki u ham Peres boboni TV dan tomosha qiladi.

Yanvargacha...

Behruz Ali.

BestMaster
4 Sentabr 2018, 16:00
lopetegining, yangi, «real»i,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads