Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Biz "Kalderon"da o'ynashdagi o'yinimizni o'zgartirmoqchi emasmiz.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi javob bahsidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rueda de prensa de Zidane

"Biz shu kunga qadar qilganimiz kabi o'yinga kirishmoqchimiz. Siz maydonga tushishingiz, o'ynashga harakat qilishingiz va o'yinda yutish uchun o'zingizni ustun tomonlaringizdan foydalanishingiz kerak. Bizning g'oya o'zgarmaydi va bizni o'yin uslubimiz doim borimizni berib o'ynashdan iborat. O'yinchilar uchun aytadigan gapim - yurayotgan yo'limizda oldinga intilishda davom etish va maydonda borini berish. Biz o'yin uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz".

Men faqat ertangi ishimizga diqqatimni qaratganman. Qolgan narsalar meni qiziqtirmaydi. Biz o'yinchilar bilan faqat o'yin haqida o'ylayapmiz. "Atletiko" o'zini quroliga ega bo'ladi va biz esa shu joygacha olib kelgan o'z yo'limizni davom ettirishga harakat qilishimiz kerak. Biz birinchi daqiqadan borimizni berishimiz kerak, biz bu haqida bilamiz".

Kelajak

"Hozirgi bosqichgacha kelish uchun o'zimizni borimizni bermaslik adolatsizlik bo'lar edi. O'yinchilar 9 oydan keyin ham har kuni aqlbovar qilmas professionallik bilan shug'ullanishmoqda. Lekin siz buni har 3 kunda o'yinda ko'rsatishingiz kerak. Bizda hammasi joyidaligini ko'rsatish imkoniyati uchun yetarlicha omadlimiz va biz ertaga shunday qilishda davom etishimiz kerak. Adolatsizlik yoki omadsizlik maksimum harakat qilishga bermaydi. Biz ichimizda nima bo'lsa hammasini beramiz".

Golli seriya haqida

"Nimaga men ertaga biz gol urmaymiz, deb o'ylashim kerak? Biz doimgidek o'ynashga va gol urishga harakat qilamiz".

Mozaika va transferlar haqida

"Transferlar keyin bo'lishi mumkin, hozir bunday narsalar haqida gapiradigan vaqt emas. Men faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapman. Muxlislar o'rtasida nima bo'lsa ularning orasidagi gap. Biz buni to'g'rilay olmaymiz. Ularni ishi ularni o'rtasida va men bunga fikr bildirmayman".

"Bu klubni tarixini inkor etib bo'lmaydi. Bu katta ishlarga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi. Bu biz uchun katta ustunlik beradi va ertaga biz buni ko'rsatishimiz mumkin bo'lgan yana bir o'yin bo'ladi. Biz finalga chiqish uchun qilishimiz mumkin bo'lgan ishlarni qilishga harakat qilamiz".

Himoya

"Nacho - bu markaziy himoyachi, lekin u himoyani har qanday nuqtasida o'ynashi mumkin va u buni fenomenal tarzda amalga oshirgan. Pepeda hammasi joyida, biz tarkibga qaraymiz va Varan ham hech qanday muammosiz shug'ullandi. Biz siz biladigan o'yinchilardan tashqari hammamiz tayyormiz".

Ikki finaldagi g'alaba haqida

"Nima bo'lgan taqdirda ham, biz chiqishimiz va o'ynashimiz kerak. Biz ikki finalda yutdik, lekin bu o'tmish. Ertaga biz boshqa o'yinda maydonga tushamiz. Har birida o'zining kuchli tomonlari bor va biz qilayotgan ishlarimizni ko'rsatmoqchimiz. Ikki finalni yutgan holda bu bizni g'alabamizni ta'minlamaydi. Agar biz shunday o'ylasak, xato qilamiz".

Murabbiy va o'yinchilar muhimligi

"Muxlislar bilan biz bir qayiqdamiz. Bu mavsumni yakuni, hamma narsa o'ynash uchun sarflanadi va bu klubga bu yoqadi. Har bir o'yin - bu final va ertaga bizda bittasi bo'ladi. Unday bo'lsa bizda ligada qolgan 3 ta o'yin bor".

Birinchi o'yin

"Men o'yinga bo'lgan munosabat bo'yicha muammo bo'ladi, deb o'ylamayman. Siz futbolda doim o'ynashingiz kerak va keyingi bosqichga o'tish uchun ajoyib o'yin ko'rsatishingiz kerak. Biz o'yinga hotirjam yetib borishimiz kerak va bu futbolni yana bitta o'yini, deb o'ylashimiz kerak. Biz baxs-munozarali narsalarni ko'p gaplashamiz, lekin bu shunchaki futbol o'yini, tamom vasalom".

Tarkib

"Bizda aqlbovar qilmas jamoa bor. Bu haddan ortiq va juda professional futbolchi hisoblanadigan barcha o'yinchilarni xizmati natijasidir. Men qayiqni boshqaradigan odam bo'lishga va doim men boshchiligimda biz o'zimizdagi bor kuchimizni berishimiz kerakligini aytishga harakat qilaman".

 

BestMaster
10 May 2017, 13:59
zidan, kalderonda, oynashdagi, oyinimizni, ozgartirmoqchi, emasmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
ramos
 ramos  
muammo bo'lmaydi hech qanday bi safar xam Atleticoni yanchib sanchib tashiymiz
10 May 2017, 15:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads