Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga startidan so'ng 5 ta yaxshi xabar

Пять хороших новостей после старта Ла Лиги

UEFA SUperkubogida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng jamoa "Xetafe"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishdi. Aytib o'tish kerakki ushbu o'yinda "Qirollik klubi" "Xetafe"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

To'p nazorati

Lopetegi jamoasining futbolchilari to'p bilan yaxshi momilani yo'lga qo'yishdi. Kechagi o'yinda "qaymoqrang"lilar 78% to'pni nazorat qilishdi. Bunday ko'rsatgich oxirgi marta Joze Mourinyo davrida 2012-yil 12-fevralda erishilgan edi. O'shanda klub "Levante"ga qarshi o'yinda 80% lik ko'rsatgichga erishgan.

Himoyadagi ishonch

Keylor Navas darvozasi nixoyat golsiz qoldirildi. Kechagi o'yinning eng yaxshi xabari desak ham bo'ladi. "Atletiko"ga qarshi qo'pol xatolardan so'ng "Madrid" himoyasi kecha umuman xatoga yo'l qo'ymadi.

Aniq to'p uzatishlar

To'pni aniq uzatishlar borasidagi ko'rsatgich aqlbovar qilmas darajaga yetdi. Albatta "Madrid" muxlislari uchun. "Xetafe"ga qarshi o'yinda jamoa 793 marta to'p oshirishgan va shular 91% aniq manzilga yetib borgan. "Xetafe" esa 222 marta pass amalga oshirgan. Qo'shimcha qilib bu aniq to'p uzatish ko'rsatgichi Toni Kroosda yuqori 118 ta pass va 98% aniq manzil (Ikkita noaniq pass).

Beylning qaytishi

Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan so'ng Garet Beyl biroz o'ziga o'xshashni boshladi. Ammo u hali yana ishlashi kerak. U tezkor, kuchli, yakka-yakkama kurashlardan qochmaydigan. U xamshaxarlari darvozasiga mavsumdagi navbatdagi golini kiritdi.

Yoshlarga ishonch

Xulen Lopetegi Marko Asensio va Dani Sebalyosga ishonchi yuqori. Lopetegining o'yin stiliga ushbu futbolchilar mos tushmoqda va ikkala futbolchi ham kecha asosiy tarkibda uchrashuvda boshlashdi. Asensio allaqachon ketma-ket ikkita o'yinda asosiy tarkibda uchrashuvni boshladi. Nacho - borasida hech kimda shubxa bo'lmasa kerak. "Real"ning o'lguncha sodiq futbolchisi va xattoki maoshsiz tekinga o'ynaydigan futbolchi kim desa so'zsiz Nachoni barcha ko'rsatishsa kerak.

Kechagi o'yinda Nacho Rafael Varan o'rnida maydonga tushdi va bexato o'yin ko'rsatdi. U har doim maksimal kuchi bilan uchrashuvlarda qatnashadi va himoyani istalga pozitsiyasida o'ynaydi. 

Bobojonov

BestMaster
20 Avgust 2018, 22:30
liga, startidan, song, yaxshi, xabar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 tento  
raxmat. Lopetegi. hozircha. yaxshi
21 Avgust 2018, 13:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads