Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi: Biz ishlashda davom etishimiz kerak

"Real Madrid" ustozi Xulen Lopetegi "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.

Uchrashuv haqida:

"Biz g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.Shuningdek, jamoa o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatganidan ham xursandman. Biz bundan ham ko'proq gol kiritishimiz mumkin edi va ammo bir narsani eslang raqiblarimiz o'tgan Ispaniyaning eng kam gol o'tkazadigan top-3 jamoalaridan biri. Ular bugun ham himoyada yaxshi harakatq ilishdi. Har qanday xolatda ham to'xtamasdan ishlash kerak."

Beyl haqida:

"Menga butun jamoaning o'yini yoqdi va ular ichida Garetni ham. Bugun u ajoyib o'yin ko'rsatdi. U bizga hujumda ko'p variantlar yuzaga keltira oldi. Garet jamoa uchun eng muhim futbolchi. Barcha futbolchilar kabi u ham ajoyib o'yin ko'rsatdi."

Darvozabonlar haqida:

"Bizda 5 nafar darvozabon bor, ammo mavsum avvaligacha uchtasi qoladi. Biz darvozabonlar qoniqmoqdamiz."

Sebalyos haqida:

"Dani yaxshi o'yin o'tkazdi. Bu u uchun yangilik emas. Uni ko'p mashg'ulotlar kutmoqda va biz u jamoamizda ekanligidan xursandmiz. Dani bilan ko'proq ishlab uning saviyasi ko'tarishga harakat qilamiz. Uning xizmatlari bu mavsumda bizga juda kerak bo'ladi."

Bobojonov

BestMaster
20 Avgust 2018, 17:40
lopetegi, ishlashda, davom, etishimiz, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads