Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

FAKTlar: "Atletiko" biror marta UEFA Superkubogida mag'lub bo'lmagan

Факты о Суперкубке УЕФА: "Реал Мадрид" - "Атлетико"

UEFA Superkubogi - 2018 bugun ilk marta Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo'lib o'tadi va turnir tarixida ilk marta bitta shahar jamoalar o'zaro kuch sinashadi.

• "Real Madrid" 2017/18-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasini ketma-ket 3 marta yutdi tarixda bu ishni amalga oshirgan ilk jamoaga aylandi. Agarda jamoa bugun ham UEFA Superkuboginiu yutsa ushbu turnirni ketma-ket 3 marta yutgan jamoaga aylanadi. Shuningdek, jamoa bugun UEFA Superkubogi yutish orqali "Milan" va "Barselona"ga tenglashib oladi.

• "Atletiko" UEFA Superkubogida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Ular 2010 va 2012-yilarda qatnashib ikkalasida ham g'alaba qozongan.

• UEFA Superkubogi Ispaniyada 15-marta qoladi. Italiya klublari 9 marta, Angliya - 7 marta yutgan.

"Real Madrid"

• "Real" 7-marta UEFA Superkubogida qatnashadi (G'4, M2). Madridliklar dastlabki 2 ta finalda mag'lubiyatga uchragan. Keyinchalik ketma-ket 4 ta superkubok finalida g'alaba qozongan.

• Mana butun natijalar:

1998: "Chelsi" - "Real" 1:0 (Poyet 83)
2000: "Real" - "Galatasaray" 1:2 (Raul 79; Jardel 41 pen, 102)
2002: "Real" - "Feyenoord" 3:1 (Pauve a/g 15, Roberto Karlos 21, Guti 60; van Xoyeydonk 56)
2014: "Real" - "Sevilya" 2:0 (Ronaldu 30, 49)
2016: "Real" - "Sevilya" 3:2 extra taym. (Asensio 21, Ramos 90+3, Karvaxal 119; Vaskes 41, Konoplyanka 72 pen)
2017: "Real" - "Manchester Yunayted" 2:1 (Kazemiro 24, Isko 52; Lukaku 62)

• 2017-yilda "Madrid" ketma-ket ikkinchi marta UEFA Superkubogida g'alaba qozondi. Bundan oldin "Milan" 1989 va 1990-yillarda bu natijani qayd etgan edi. Hanuzgacha hech kim bu turnirni ketma-ket 3-marta yutmagan.

• "Real" UEFA Superkubokni 4 marta yutgan. Ulardan ko'p faqat "Milan" va "Barselona" (5).

"Atletiko Madrid"

• "Atletiko" 3-marta UEFA Superkubogi uchun kurash olib boradi.

• Oldingi ikkala turnirda ham "Atletiko"ning qo'li baland kelgan.

• O'tgan ikki final statistikasi:

2010: "Inter" - "Atletiko" 0:2 (Reyes 62, Aguero 83)
2012: "Chelsi" - "Atletiko" 1:4 (Kexill 75; Falkao 6, 19, 45, Miranda 60)

• "Atletiko" 3 ta urinishda 3 marta UEFA Superkubogini yutgan klubga aylanishi mumkin.

Bobojonov

BestMaster
15 Avgust 2018, 18:10
faktlar, atletiko, biror, marta, uefa, superkubogida, maglub, bolmagan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads