Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marselo va Kazemironing UEFA Superkubogida maydonga tushishi so'roq ostida

"Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvga jamoasini tayyorlashda davom etmoqda. "Qirollik klubi" ustozi allaqachon UEFA Superkubogida maydonga tushadigan tarkibni aniqlab olgan. Yagona mavhum xolat Marselo va Kazemironing uchrashuvga tayyorgarligi.

"Milan"ga qarshi o'yinda braziliyalik himoyachi Marselo optimal xolatda emasligi guvohi bo'lindi. Agarda Marselo ushbu o'yinda zahira o'rindig'ida qoldirilsa uning o'rnida Nacho o'ynashi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, Kazemiro o'rniga Dani Sebalyos sinab ko'rilishi ham mumkin. Chunki Lopetegi Zidandan farqli o'laroq Sebalyosga katta ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, Luka Modrich ham uchrashuvga 100% tayyor emas. Ammo Lopetegi uni maydonga tushirishni xohlamoqda, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tmoqda.

Bobojonov

BestMaster
14 Avgust 2018, 19:00
marselo, kazemironing, uefa, superkubogida, maydonga, tushishi, soroq, ostida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads