"Inter" transferlar oynasi yopilishiga qadar "Zenit" yarimhimoyachisi Leandro Paredesni qo'lga kiritmoqchi, deya xabar beradi Tuttosport.
Manbaga ko'ra, milanliklar "Real"dan yarimhimoyachi Luka Modrich transferining uddasidan chiqa olmasalar, 24 yoshli argentinalikni sotib olishga urinib ko'radilar.
Avvalroq, "Inter" Paredesni qo'lga kiritishga urinib ko'rgan, ammo taklif "Zenit"ni qoniqtirmagan edi.
Paredes 2017 yilning yozida "Roma"dan "Zenit"ga o'tgan edi. U avval "Boka Xuniors", "Kevo" va "Empoli" klublarida o'ynagan.