Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. "Real" Ronaldusiz "Yuventus"ni mag'lub etdi

International Champions Cup turniri doirasida hujumchi Krishtianu Ronalduning sobiq va yangi jamoalar o'zaro to'qnashdilar.

.
- Yuklab olish

International Champions Cup turniri doirasida hujumchi Krishtianu Ronalduning sobiq va yangi jamoalar o'zaro to'qnashdilar.

Uchrashuvda madridliklar ishonchli g'alabaga erishdilar. 3:1 hisobi qayd etilgan uchrashuvda barcha gollar "Real" futbolchilari tomonidan kiritildi. Dastlab birinchi bo'lim boshida madridliklar himoyachisi Daniel Karvaxal o'z darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, bo'lim oxirida Gret Beyl hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda Asensio "dubl" qayd etib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Turinliklarning yangi o'yinchisi Krishtianu Ronaldu bu o'yinda ishtirok etmadi.

International Champions Cup
Real Madrid Ispaniya – Yuventus Italiya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 12, avtogol Karvaxal, 1:1 – 39 Beyl, 2:1 – 47 Asensio, 3:1 – 56 Asensio.

Real Madrid – Navas (Lunin, 64), Nacho (Edegor, 77), Regilon, Karvaxal (Odriosola, 46), Xaver Sanches (Leon, 78), Isko (Asensio, 46), Valverde, Sebalos (Mayoral, 64), Kroos (Lorente, 46), Beyl (Vaskes, 46), Benzema (Vinisius Junior, 46).

Yuventus – Shchensni (Perin, 63), Kellini (Bardzali, 72), Benatiya (Rugani, 63), De Shilo, Aleks Sandro, Markizio, Pyanich (Fernandes, 71), Bernardeski, Xedira (Fajoli, 46), Joau Kanselu, Favilli (Mateus Pereyra, 63).

Ogohlantirishlar: Benatiya (6), Aleks Sandro (33), Regilon (81).

BestMaster
5 Avgust 2018, 06:20
international, champions, real, ronaldusiz, yuventusni, maglub, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads