Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Serxio Ramos: Mourino men haqimda to'g'ri gapirdi"

"Real" himoyachisi Serxio Ramos o'zining madridliklar safidagi oxirgi mavsumi haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Real" himoyachisi Serxio Ramos o'zining madridliklar safidagi oxirgi mavsumi haqida fikr bildirdi.

Zidan shogirdlari klublar o'rtsaida JCh, Primera va EChL g'olibligini qo'lga kiritdilar.

"O'tgan mavsum men uchun eng yaxshisi bo'lgandir. Men Ispaniya chempionligi va EChL g'olibligini qo'lga kiritib, birinchi "dubl"ni nishonladim. BU menga kelgusi mavsumda yanada yaxshiroq o'ynashimga turtki bo'ladi. Aytish mumkinki, mavsum tarixiy bo'ldi", - deydi Ramos.

Futbolchi, shuningdek, "MYu" bosh murabbiyi Joze Mourinoning o'zi haqida aytgan so'zlariga munosabat bildirdi. "Real"ning sobiq ustozi Madridga kelgan chog'ida Serxio Ramos EChL musobaqasining chorak finalida hali bir marta bo'lsa ham o'ynamaganini aytgan edi.

"Bu to'g'ri,  u kelganidan so'ng musobaqaning 1/8 to'sig'idan o'ta boshladik. Shuning uchun men haqimda aytgan gaplari to'g'ri. Ammo kim menga shubha qilsa, tashrif kartochkamga qarasin. Men hech kimning xizmatini yo'qqa chiqarmayman. Faoliyatimda har bir murabbiydan o'rganganman - kimdan ko'proq, kimdan kamroq", - qo'shimcha qiladi Ramos.

BestMaster
12 Iyun 2017, 10:00
serxio, ramos, mourino, haqimda, togri, gapirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads