Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xulen Lopetegi birinchi o'yin oldi press-konferensiyada qatnashdi

Лопетеги провел первую пресс-конференцию в Америке

Xulen Lopetegi AQSH turnesi davomida "MYU"ga qarshi o'yin oldidan ilk press-konferensiyada qatnashdi.

Ronalduning ketishi va Beyl haqida:

"Barcha tushinib turubdi, jamoadan muhim futbolchilardan biri ketdi. U klubning tarixdagi eng muhim futbolchilaridan biri edi. Biz Beyl yaxshi mavsum o'tkazadi degan umiddamiz. Biz u bilan birgalikda eng yaxshi mavsumni o'tkazishga harakat qilamiz.

"9"-lik futbolchik bilan shartnoma imzolash haqida:

"Men murabbiy sifatida raqobatdosh jamoani yarataman degan umiddaman. Jamoa Ronalduni yo'qligini sezmasligi kerak. Mening jamoamda S. Ramos, Varan, Modrich, Kovachich va ko'plab futbolchilar bor. Ular bilan biz har qanday sovrin uchun kurash olib bora olamiz. Chunki bu "Real Madrid" boshqacha bo'lishi mumkin. Agarda hech kim kelmasa, hech kim ketmaydi va men bundan xursand bo'laman".

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida:

"Biz mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Biz musobaqaning ritmiga tushib olishi kerak. Mening jamoam ularga qaraganda mashg'ulotlarga biroz kech qo'shildi. Ammo hamma tayyorgarlik UEFA Superkubogi uchun bo'lyabdi. Va albatta, bu uchrashuvda jarohatlarsiz o'tkazamiz degan umiddaman."

Beyl va Benzema haqida:

"Ular mashg'ulotlarda o'z kuchlarini ko'rsatishmoqda. Jamoamizda individual maxorati yuqori bo'lgan futbolchilar bor, biroq biz bir jamoa bo'lamiz degan umiddaman."

Keylor Navas haqida:

"Men u bilan gaplashdim va biz bo'lajak mavsumda ham unga ishonamiz. Boshqa hech ayta olmayman. U "qaymoqrang"lilarning muhim futbolchisi."

Krishtianu haqida:

"Biz Krishtianudan minnatdormiz, ammo "Madrid"da hamma o'tkinchi. U allaqachon "Madrid" uchun fantastik futbolchi va biz uning kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz. Jamoa u siz o'z yo'lida davom etadi va hammasi biz uchun u siz ham yaxshi bo'ladi."

Beyl haqida:

"U jamoada qolganidan xursand va u o'z imkoniyatlarini kor'satishni xohlaydi. Beyl biz undan ko'p narsa kutayotganimizni biladi".

Vinisius haqida:

"U juda yosh va iste'dodli futbolchi. U har kuni ulg'aymoqda va kelajakda juda yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin. Biz unga Yevropa futboliga moslashishiga yordam beramiz."

Bobojonov

BestMaster
1 Avgust 2018, 00:10
xulen, lopetegi, birinchi, oyin, oldi, press-konferensiyada, qatnashdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 uuuuuu  
Реалга омад
1 Avgust 2018, 00:18
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads