Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Karlos doping iste'mol qilmaganini aytdi

«Real» va Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Roberto Karlos doping iste'mol qilganini inkor qildi.

.
- Yuklab olish

«Real» va Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Roberto Karlos doping iste'mol qilganini inkor qildi.

Germaniyaning ARD telekanali Braziliya futbolidagi doping muammosiga bag'ishlangan hujjatli filmni namoyish etib, futbolchini taqiqlangan moddalarni iste'mol qilganlikda ayblagan edi.

«ARD kanalining bu bayonotini inkor qilaman. Men hech qachon doping iste'mol qilmaganman. Filmda meni bir shifokor bilan bog'lab tasvirlashgan. Ammo men uni tanimayman. Endi huquqshunosim bu ish bilan shug'ullanadi. Biz barcha ayblovlarni sudda isbotlanishini talab qilamiz.

O'z faoliyatim davomida men halollik tamoyillariga amal qilganman. 20 yillik faoliyatimda biror marta doping iste'mol qilganim tasdiqlanmagan. Men Braziliya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston klublarida o'ynaganman. Braziliya terma jamoasi safida dunyoni kezganman. Har doim doping nazoratidan o'tganman. Agar doping iste'mol qilganimda, albatta bu aniqlangan bo'lardi» - deb yozdi Roberto Karlos feysbuk sahifasida.

BestMaster
11 Iyun 2017, 14:00
roberto, karlos, doping, istemol, qilmaganini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads