Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marko Asensioga atalgan mavsum

O'tgan mavsum boshida «Real» safiga kelib qo'shilgan yosh iqtidor egasi Asensio Zidan uchun muqobil variant sifatida olib kelingan edi. 

.
- Yuklab olish

O'tgan mavsum boshida «Real» safiga kelib qo'shilgan yosh iqtidor egasi Asensio Zidan uchun muqobil variant sifatida olib kelingan edi. Biroq, Asensio mavsumni kutilganidan ham yuqori darajada yakunlay oldi.

Asensio «Qirollik klubi» e'tiborini 2015 yildayoq jalb etgandi. Kamtargina «Malorka» safida porlagan Asensioni «Real» o'z safiga qo'shib oldi va tajriba orttirishi uchn «Espanol»ga ijaraga berib yubordi. «Espanol»da ham yuqori saviyadagi o'yinlarini ko'rsatishda davom etgan Asensio baribir Madridga olib kelindi.

U uchun sarflangan 3,5 million evro klub rahbariyatining omadli va aqqli qarori ekanligini tasdiqladi. «Santyago Bernabeu»dagi ilk mavsumini ispaniyalik yarim himoyachi ajoyib tarzda o'tkazdi.

Yosh iqtidor egasi mavsumni Ispaniya Superkubogi doirasida « Sevilya »ga urilgan gol bilan boshlagan bo'lsa, mavsumni Kardiffda o'tgan Chempionlar Ligasi finalidagi gol bilan yakunladi. Shuningdek, Asensio Ispaniya yoshlari termasi safida yaqinda boshlanadigan Evropa chempionatida ham jamoasining muhim bo'lagiga aylanishiga hech shubha yo'q.

Asensio «Real Madrid»ga asosiy tarkibdan o'rin egallashi mushkul ekanligini bilgan holda keldi. Ammo, mavsum mobaynida Xames Rodriges va Lukas Vazkes kabi futbolchilardan o'zib ketgan holda bitirdi.

Palma de Malorkalik iqtidor sohibi 2016/17 yilgi mavsum “oltin davr” sifatida qolmoqda. Futbolchi jamoa bilan La Liga sohibiga aylandi. Bundan tashqari Chempionlar Ligasi, Klublar o'rtasida Jahon chempionati, Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarni ham yutib oldi. Bundan tashqari Asensioda yaqinda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ham mavsumni yuqori cho'qqida yakunlash imkoniyati bor.

BestMaster
10 Iyun 2017, 21:00
marko, asensioga, atalgan, mavsum,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
Nosirov
 Nosirov  
Bulajak yulduz u asensio
11 Iyun 2017, 08:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads