Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar ketmaydi. «Real»ning 190 million evrolik taklifi rad etildi

«Chelsi» «Real» rahbariyatiga belgiyalik hujumchisi Eden Azarni 170 million funtga ham (190 million evro) sotmasligini ma'lum qilgan.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» «Real» rahbariyatiga belgiyalik hujumchisi Eden Azarni 170 million funtga ham (190 million evro) sotmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Bundan avvalroq OAVda londonliklar klubi rahbariyati ushbu futbolchisini 190 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozi bo'lgani haqida xabar tarqalgandi.

Bu qaror jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Sarri Azarni jamoa etakchisi sifatida ko'rayotgani tufayli qabul qilingan. Futbolchining o'zi biroz avvalroq yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini aytib, «Real»ga o'tmoqchiligiga ishora qilgandi.

«U - Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Umid qilamanki, uning yanada rivojlanishiga yordam beraman, ammo bu qiyin ish. Axir u shundoq ham yuqori cho'qqida», degan italiyalik mutaxassis.

Nashrning tasdiqlashicha, «Chelsi» ushbu futbolchisiga moliyaviy tomondan yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Uning yangi shartnoma bo'yicha haftalik maoshi miqdori 300 ming funtga (335 ming evro) etishi mumkin.

Azar «Chelsi» safida 2012 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilgacha tuzilgan. O'tgan mavsumda belgiyalik futbolchi«Chelsi» uchun barcha turnirlar doirasida 51 o'yinda maydonga tushib, 17 gol urgan va 13 golga uzatma bergan.

BestMaster
22 Iyul 2018, 15:00
ketmaydi, «real»ning, million, evrolik, taklifi, etildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads