Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Yuve" direktori: "Ronalduni taklif qilish g'oyasi, u bizga chiroyli gol urib, muxlislarimiz uchun olqishlaganda tug'ilgandi"

"Yuventus"ning sport direktori Fabio Paratichi klubga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taklif qilish g'oyasi qanday tug'ilganini aytib berdi.

.
- Yuklab olish

"Yuventus"ning sport direktori Fabio Paratichi klubga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taklif qilish g'oyasi qanday tug'ilganini aytib berdi.

"BU aqlbovar qilmas g'oya EChLning 1/8 finalida "Yuventus" - "Real" o'rtasida Turinba o'tgan o'yindan so'ng tug'ilgandi. Biz o'sha haftadayoq uning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashdik. Uning aytishicha, Ronaldu muxlislar e'tiboridan hayajonga to'lganini aytdi. U qoyil qolgan va kun kelib "Yuve"da o'ynash istagini aytgan.

Biroz vaqt o'tib, Mendesh bilan uchrashdik, u menga vaziyatni tushuntirdi va biz ishga kirishdik.

Biz klub prezidenti Andrea Anelli bilan gaplashdik. Bir necha soat suhbatdan so'ng u menga imkoniyat bo'lsa, harakat qilib ko'rish kerakligini aytdi.

Bu dunyo tan olgan o'yinchini taklif qilish uchun eng yaxshi imkoniyat edi.

"Real" va "Yuventus" kabi ikkita yirik klub, yirik institut o'rtasida muzokaralar borar kan, har doim uchinchi tomon ham bo'ladi - o'yinchining qarori. Shuningdek, agentlar ishi. Ular tufayli transfer amalga oshdi", - deydi Paratichi.

BestMaster
17 Iyul 2018, 06:40
direktori, ronalduni, taklif, qilish, goyasi, bizga, chiroyli, urib, muxlislarimiz, uchun, olqishlaganda, tugilgandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads