Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Benzemani «Napoli»ga sotishdan bosh tortdi

"Real" hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin edi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin edi. Uning xizmatiga "Napoli" klubi tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.

Ammo "Qirollik klubi" neapolliklarning Benzema borasidagi taklifiga rad javobini berdi. "Napoli"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o'zi frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanishini istagandi. Italiyalik mutaxassis Benzema bilan "Real"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish.

"Qaymoqranglilar" Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga sotib yuborishganidan keyin Benzemani sotishdan bosh tortishdi.

Ma'lumot o'rnida. Karim Benzema 2017/18 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi. Frantsiyalik hujumchi 2009 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda.

BestMaster
14 Iyul 2018, 19:00
«real», benzemani, «napoli»ga, sotishdan, bosh, tortdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads