Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames "Real"ga qaytishni xohlaydi?

Marca nashri xabariga ko'ra Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodrigez "Madrid"ga qaytishni xohlayapdi. Shuningdek, jamoa yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ham Xamesni ortga qaytarish niyatida, uning fikricha Xames u yaratayotgan jamoa o'yiniga to'liq mos tushadi.

Biroq yakuniy qarorni "Bavariya" rahbarlari qabul qilishi kerak. Chunki shartnomaga ko'ra ularda sotib olish huquqi bor. Eslatib o'tamiz, 2017-yil "Bavariya" Xamesni sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olgan edi. Mavsum davomida esa Myunxenliklar rahbarlari bir necha bor kolumbiyalik futbolchini sotib olish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishgan.

Ortda qolgan mavsumda pleymeker 39 o'yinda maydonga tushib 8 ta gol va 14 ta golga assistentlik qildi.

Bobojonov

BestMaster
13 Iyul 2018, 09:10
xames, realga, qaytishni, xohlaydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 mafia  
Hamesm kelsin sal kuchayadi real
13 Iyul 2018, 09:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads