Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Noreal Madrid»

Evropa matbuoti EChL finali haqida nima yozdi - Zidanning so'zlari, Ronalduning rekordi va Xames Rodrigesning qayg'usi.

.
- Yuklab olish

Evropa matbuoti EChL finali haqida nima yozdi? Zidanning so'zlari, Ronalduning rekordi va Xames Rodrigesning qayg'usi – jahon ommaviy axborot vositalari diqqat markazida. Kataloniyadagi yangiliklar esa asosan Ernesto Valverdega taalluqli bo'ldi. EChL finali Evropaning o'nlab sport nashrlarida turli muhokamalarga sabab bo'ldi. Championat.com ko'hna qit'adagi jurnalistlarni ko'proq qaysi mavzu qiziqtirganini bilish maqsadida etakchi gazeta va jurnallar sarlavhalariga e'tibor qaratdi.

ESPN: Ronaldu marrada

Mazkur maqolada portugaliyalik yulduzning ilk sov­rinini aynan Kardiffdagi «Millenium» stadionida qo'lga kiritgani haqida yozilgan. Bu voqea 2004 yili sodir bo'lib, yakunda «Manchester Yunayted» Angliya kubogi sohibiga aylangandi. «O'shanda hakamning final hushtagidan so'ng Ronaldu tajribali jamoadoshlaridan muvaffaqiyatni qanday nishonlash lozimligini so'ragandi. Hozir esa o'sha stadion sahnasining markazidan joy olib, sheriklariga o'rnak bo'lmoqda. Uni to'xtatish imkonsiz».

Marca: Taqdir yoqimtoylari; Evropa qirollari; Tarix yaratuvchilar

Madrid portali finalni onlayn tarzda yoritdi, final hushtagidan so'ng 20ga yaqin maqola tayyorladi. Asosan, ko'pchilikka ma'lum faktlar e'tirof etildi: EChLdagi 12-g'alaba, Ronalduning gollari, Zidanning qatorasiga ikki marta muvaffaqiyat qozongani, ilk bor sovrinning himoya qilingani... Darvoqe, jurnalistlar Xames Rodrigesning stadionni hammadan oldin tark etib, birinchi bo'lib avtobusga o'tirganini ko'rishgan. Afsus!

AS: 12

Gazetada uchrashuv hisoboti va «Real»ning yilni yuqori natija bilan yakunlagani haqida yozilgan. Saytda esa «Ronaldu «Oltin to'p»ga qo'l uzatmoqda» sarlavhali maqola joylandi. Yana bir nechta raqamlar: portugaliyalikning faoliyatidagi 600tadan ortiq gol, oltinchi marta EChLning eng yaxshi to'purari bo'lishi, joriy mavsum Chempionlar Ligasi chorak finalidan boshlab raqiblar darvozasini 10 marta ishg'ol qilishi: rekord ortidan rekord.

Sport: Valverde Belerinni olib kelmoqchi

«Real» Madrid g'alabasining Kataloniya matbuotida yoritilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Mana, Sport buni amalda isbotladi. Nashr muqovasida azaliy raqibning 12-g'alabasi uchun kichkina joy ajratildi. Ularni Ektor Belerinning «Barselona»ga o'tishi mumkinligi ko'proq qiziqtiradi. Saytda esa chempionlikning nishonlanishi tartibi keltirib o'tilgan. Shuningdek, ushbu nashr «Real» muvaffaqiyati bilan bog'liq hangomalarni ham chop etdi. Ular orasida kulgililari kam, ammo yo'q emas.

Mundo Deportivo: Tarixiy Zidan

Kataloniyaning boshqa bir mashhur nashrida esa hammasi joyida: muqovadan Zayniddin Zidan joy oldi. Saytda biroz boshqacha manzara kuzatildi: xuddi Sport nashridagi kabi Madriddagi nishonlash marosimi anonsi, ijtimoiy tarmoqlardan olingan hangomalar to'plami. E'tiborlisi, Mundo Deportivo bergan memlar nisbatan yaxshiroq chiqdi. Ulardan birining tarjimasini keltirib o'tmoqchimiz:

- Otajon, qaysi jamoa jahonda eng kuchli?

- Albatta, «Barsa», o'g'lim!

- Unda nega biz bugun «Yuventus»ga ishqibozlik qilyapmiz? Bir hafta avval «Atletiko», ungacha «Bavariya»­ni qo'llab-quvvatlagandik.

GazzettaDelloSport: Bu - qarg'ish

«Yuve»ning birinchi bo'limdagi ajoyib o'yini ishonch bag'ishladi. Ammo keyingi 45 daqiqalikda «Real» barcha umidlarni yo'qqa chiqardi», - tahririyatdagilar Massimiliano Allegrining shogirdlarini tanaffus payti ruhlantira olmaganini ta'kidlashdan tashqari, mag'lubiyatni mistikaga yo'yishdi.

Football Italia: «Yuventus»ga hukm chiqaramiz

Sarlavha ancha qo'pol chiqqaniga qaramay, maqolada «Yuventus»ni yomonlamay, aksincha, jamoaning yonini olishgan. Turinliklarning uch yil avvalgi tarkibi bilan hozirgisi solishtirilib, o'sha finaldan so'ng «Keksa sinora»da ancha o'sish kuzatilgani ta'kidlangan. Mag'lubiyat «Real»ning kuchi bilan bog'landi, ammo muallif bugungi «Yuventus»ning kelajagi porloqligiga ishonadi.

BBC: G'aroyib «Real»

Bu nashr ayrim statistik ma'lumotlarni keltirib o'tdi.

«Real» - EChL tarixida 500tadan ortiq (hozir Chempionlar kubogidagisini qo'shmasa 503taga etdi) gol urgan dastlabki klub.

Krishtianu Ronaldu - EChLning uchta finalida to'p kiritgan ilk futbolchi.

Zayniddin Zidan - qatorasiga ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan birinchi murabbiy.

Sky Sports: Ronaldu «Real»ni buyuklik sari etaklamoqda

Ta'kidlash joizki, Britaniyaning uchta nashri «Realdagi qahramonlar haqida chiqish qildi. Maqolada asosiy e'tibor o'yinning borishiga qaratilgan. O'z navbatida, «Yuventus»dagi sovuqqonlik va xotirjamlik alohida e'tirof etildi. Ammo madridliklar uyushtirgan bosimga Allegri javob qaytarolmadi. Shuningdek, Xuan Kuadradoning chetlatilishi haqida yozilgan.

Parisien: Zidan - Evropa qiroli

Ushbu maqolada Krishtianu Ronalduning xizmatlari ham maqtovga loyiq ko'rilgan, ammo asosiy e'tibor Zidanga qaratilgan. Jamoadagi hamjihatlik, taktik syurprizlar, aqlli rotatsiya, xotirjamlik va ishonch - hech narsa nazardan chetda qolmadi.

L~Equipe: «Noreal Madrid»

Va yakunda - Frantsiyaning eng obro'li sport gazetasi. Nashrda ham, saytda ham asosiy rolda yana Zidan, u bilan kichik intervyu chop etildi. Unda «Real» ustozi shunday fikr bildirdi: «Men baxtliman, mavsum o'ylaganimdan ham muvaffaqiyatli kechdi. Bu final - eng yuqori cho'qqi. Finalda to'rtta gol urish - kam uchraydigan holat. Ammo biz ham jismonan, ham ruhan tayyor edik va ajoyib o'yin o'tkazdik. Tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri? Menga shunchaki, buyuk klubda faoliyat yuritish baxti nasib etdi. Ha, ko'p ter to'kdim. Ammo asosiysi - jamoaning kuchi. Qo'l ostingda shunday futbolchilar bor ekan, ishlash ancha engillashadi».

BestMaster
9 Iyun 2017, 12:00
«noreal, madrid»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Сантяго  
Реал тарихий жамоа
9 Iyun 2017, 17:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads