Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Yuventus" homiysi FIAT xodimlari Ronalduning qimmat transferi sababli ish tashlamoqchilar

"Yuventus" klubining homiysi FIAT kompaniyasi xodimlari "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sotib olinishiga norozilik bildirdilar.

.
- Yuklab olish

"Yuventus" klubining homiysi FIAT kompaniyasi xodimlari "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sotib olinishiga norozilik bildirdilar.

Avtokontsern xodimlari bunday xarajatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi va ular ish tashlash e'lon qilmoqchilar.

"Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi, ishchilar qiyin iqtisodiy davrni boshdan kechirayotgan vaqtda kompaniya futbolchini sotib olish uchun millionlarni sarflamoqda.

Bizga aytishlaricha, og'ir davr keldi, futbolchiga katta mablag' to'lagan bir paytda kompaniyaning xodimlar oldidagi maishiy majburiyatlari qisqararmish.

FIAT xodimlari kompaniyaning hozirgi holati uchun ishlaganlar. Biz yangi avtomobillarga investitsiya kiritishimiz kerak, bu bir futbolchini eemas, minglab odamlarni taminlaydi.

Kompaniya xodimlar haqida qayg'urishni birinchi o'ringa qo'yish kerak, bu maqsad bo'lishi kerak. Bugun bunday emas, xo'jayinlarga futbol olami va ko'ngilxushlik qiziqroq.

Yuqoridan keltirilgan sabablar bilan 15 dan 17 iyulgacha kompaniya ishchilari ish tashlash e'lon e'lon qiladi", - FIAT xodimlari bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning tarnsferi "Yuventus" uchun 112 mln eroga tushdi, futbolchining maoshi yiliga 31 mln evro qilib belgilandi.


FIAT kompaniyasi "Yuventus" homiysi bo'lgan Exor xoldingi tizimga kiradi. Ronaldu transferining bir qismi zavod zaxira jamg'armasi tomonidan to'landi.

BestMaster
11 Iyul 2018, 17:40
yuventus, homiysi, fiat, xodimlari, ronalduning, qimmat, transferi, sababli, tashlamoqchilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads