Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu Peresning shartiga rozi bo'ldi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tish uchun "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres tomonidan qo'yilgan shartga rozi bo'ldi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tish uchun "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres tomonidan qo'yilgan shartga rozi bo'ldi. Portugaliyalik futbolchi o'z xohishi bilan turinliklar safiga o'tayotganini ommaga e'lon qiladigan bo'ldi.

Manbaga ko'ra, Ronaldu madridliklar xo'jayini Florentino Peres bilan birga matbuot anjumanida qatnashadi va unda futbolchi o'z xohishi bilan "Santyago Bernabeu"ni tark etishga qaror qilganini aytadi. Bundan tashqari, Krishtianu "Real" rahbariyati uni jamoada olib qolish uchun barcha ishni qilganini ta'kidlashi lozim.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning transferi Peres tufayli ortga surilib kelmoqda. "Real" prezidenti jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchini sotgan rahbar sifatida tarixdan o'rin olishni istamayapti.

Italiya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Krishtianu Ronaldu "Yuve" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 30 million evro maosh oladi. "Keksa sinora" mazkur transfer uchun "qaymoqranglilar"ga 100 million, futbolchining agentiga 20-25 million evro to'laydi.

BestMaster
8 Iyul 2018, 12:40
ronaldu, peresning, shartiga, rozi, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads