Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCh-2018. «Oltin dubl»ga erishishi mumkin bo'lgan 2 futbolchi qoldi

Jahon chempionatida bo'lib o'tgan dastlabki chorak final bahslaridan keyin ikkita yirik musobaqada g'olib chiqishi mumkin bo'lgan ikki nafar futbolchi qoldi.

.
- Yuklab olish

Jahon chempionatida bo'lib o'tgan dastlabki chorak final bahslaridan keyin ikkita yirik musobaqada g'olib chiqishi mumkin bo'lgan ikki nafar futbolchi qoldi. Gap Evropa chempionlar ligasi va jahon kubogi haqida ketmoqda.

Hozirda o'ziga xos bo'lgan "oltin dubl"ga erishishi mumkin bo'lgan futbolchilari orasida Rafael Varan (Frantsiya) va Luka Modrich (Xorvatiya) qoldi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatdi. Ma'lumki, mazkur futbolchilar "Real" safida 2017/18 yilgi mavsumda EChLda g'olib chiqishgan.

Shu paytgacha faqat 8 nafar futbolchiga bunday "dubl" qayd etish nasib qilgan. Zepp Mayer, Paul Braytner, Gans-Georg Shvartsenbek, Frants Bekkenbauer, Gerd Myuller va Uli Xyoness 1974 yili "Bavariya" bilan Evropa chempionlar kubogi va Germaniya terma jamoasi safida jahon kubogini qo'lga kiritishgan. 1998 yilda esa Kristian Karambe "Real" va Frantsiya terma jamoasi safida shunday natijani qayd etgan. Oradan 4 yil o'tib ularning safini Roberto Karlos to'ldirgandi. Braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi"da EChLni yutgan bo'lsa, Braziliyaning "pentakampeon"ga aylanishiga yordam bergan.

Tarkibida Varan o'ynayotgan Frantsiya termasi yarim finalda Belgiyaga qarshi bahs olib borsa, Modrich Xorvatiya safida bugun chorak final bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi maydonga chiqadi.

BestMaster
7 Iyul 2018, 12:30
jch-2018, «oltin, dubl»ga, erishishi, mumkin, bolgan, futbolchi, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 1525  
Kovachich bilan uchtaku
7 Iyul 2018, 15:04
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads