Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCh-2018. Ronaldu va Messi chorak finalda to'qnash kelishi mumkin!

Portugaliya terma jamoasi "B" guruhida 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Argentina "D" guruhida 2-pog'ona orqali pley-offga yo'l oldi.

.
- Yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi "B" guruhida 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Argentina "D" guruhida 2-pog'ona orqali pley-offga yo'l oldi.

• Leo Messi ishtirok etgan Mundiallarda (2006, 2010, 2014, 2018) Argentina terma jamoasi hamisha guruh bosqichidan chiqqan. E'tiborli tomoni, so'nggi 3ta JChda "albisileste" Nigeriya bilan to'qnash kelib, har safar g'alaba qozonmoqda (2010— 1:0; 2014 — 3:2; 2018 — 2:1).

• Mazkur jahon chempionati zamonamiz futbol qirollari — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi bilvosita kurashga aylanishini kutgandik. Dastlabki o'yinlarda portugaliyalik futbolchi bu borada oldinga o'tib ketdi. U Ispaniyaga qarshi o'yinda xet-trikka erishgan bo'lsa, Marokash darvozasini bir marta ishg'ol qildi. Messi esa Islandiyaga qarshi o'yinda penaltidan foydalana olmadi.

• Nigeriyaga qarshi o'yinda Messi musobaqadagi o'zining dastlabki golini urdi. Shuningdek, u jarima zarbasidan bir marta darvoza ustunini nishonga oldi.

• Bu ikki futbol yulduzi chorak finalda o'zaro to'qnash kelishi mumkin, agar 1/8 finalda Portugaliya Urugvayni, Argentina esa Frantsiyani mag'lub etsa!

BestMaster
27 Iyun 2018, 02:10
jch-2018, ronaldu, messi, chorak, finalda, toqnash, kelishi, mumkin!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads