Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peter Shmeyxel: «Ronaldu videotakror paytida «qizil» kutgandi, «sariq»dan xursand bo'lib ketdi»

«Manchester Yunayted» klubi va Daniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel JChning 3-turi doirasida bo'lib o'tgan Eron-Portugaliya bahsida Krishtianu Ronalduning o'yini borasida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Manchester Yunayted» klubi va Daniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel JChning 3-turi doirasida bo'lib o'tgan Eron-Portugaliya bahsida Krishtianu Ronalduning o'yini borasida fikr bildirdi.

«Eron Portugaliyaga nisbatan yaxshi o'ynadi. Eronliklar kurash olib borishdi, g'alaba qozonishni istashdi, ular raqibga nisbatan ko'proq futbol o'ynashni xohlashdi. Ikkinchi bo'limda Krishtianu Ronaldu maydonga ko'rinmadi. U tanaffusga qadar o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi va penaltidan gol ura olmadi.

Go'yoki, mashhur futbolchilar bunday vaziyatlarda xato qilmasliklari kerak, ammo avval Lionel Messi va keyin esa Ronaldu penaltidan foydalana olishmadi. Sir emaski, JChning «Oltin butsa» uchun kurashida Krishtianu Agnliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyndan ortda qolmoqda.

Ronaldu yomon o'yin o'tkazdi. Hakamdan sariq kartochka olgani uchun u xursand bo'lishi kerak. U haqiqatan ham "sariq"ni ko'rib tabassum qildi. Portugaliyalik futbolchi raqib yuziga tirsagi bilan urdi. Bu ishni Krishtianu ataylab qildimi yoki ataylab emasmi, buni uzoq vaqt muhokama qilish mumkin, ammo hakam takroriy vaziyatni ko'rdi. Hukm esa qat'iy bo'lishi kerak — qizil kartochka. Ronaldu hakamning qarorini kutar ekan, juda asabiylashdi», – dedi Shmeyxel.

BestMaster
26 Iyun 2018, 11:40
peter, shmeyxel, «ronaldu, videotakror, paytida, «qizil», kutgandi, «sariq»dan, xursand, bolib, ketdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 tento  
turey kisfurish qandaysan sen
26 Iyun 2018, 19:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads