Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCh-2018. Ronaldu xet-trik evaziga Ispaniyani g'alabadan mahrum qildi

Jahon chempionatining 1-turi doirasida eng qiziqarli va eng shiddatli o'yin bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Jahon chempionatining 1-turi doirasida eng qiziqarli va eng shiddatli o'yin bo'lib o'tdi. Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda muxlislar naq 6ta golga guvoh bo'lishdi.

Uchrashuv Santush shogirdlari uchun omadli boshlandi. Ronaldu bahsning 4-daqiqasida penalti ishladi va uni o'zi samarali amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ispanlar hisobni tenglashtirish uchun 20 daqiqa sarflashdi.  Oldingi chiziqqa etkazilgan to'pni Diego Kosta egalladi hamda Pepeni 2-3 marta chalg'itib, 15 metrdan aniq zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.

Birinchi bo'lim tugash arafasida Krishtianu yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan unchalik kuchli bo'lmagan zarbasidan so'ng to'p DAvid de Xeaning qo'llaridan sirpanib, darvoza to'ridan o'rin oldi.

Ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'llariga olgan ispaniyaliklar nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga chiqib olishdi. Dastlab jarimadan etkazilgan uzatmani Buskets bosh bilan darvozabon maydonchasiga tashlab berdi. Diego Kosta esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilib, dublni rasmiylashtirdi.

Oradan 3 daqiqa o'tib "qizil furiya" chap tomondan yaxshi hujum tashkil qildi. Ammo to'p jarima maydonchasi tashqarisi tomon yo'l oldi.  Nacho 19 metrlardan zarba berdi. To'p esa darvozaning birdaniga 2ta ustunga tegib, so'ngra to'rga borib tushdi.

Ispaniya hisobda oldinga chiqib olgach, to'pni nazorat qila boshladi. O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Ronaldu jarima zarbasi ishlashga muvaffaq bo'ldi. Uning superzarbasi de Xea qaytara olmadi. 3:3!

Shu tariqa, Ispaniya g'alabani qo'ldan chiqardi, Ronaldudan esa musobaqaning dastlabki xet-trik muallifiga aylandi!

JCh-2018. "V" guruhi, 1-tur
Portugaliya – Ispaniya 3:3 (2:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 4, penalti Ronaldu, 1:1 – 24 Diego Kosta, 2:1 – 44 Ronaldu, 2:2 – 55 Diego Kosta, 2:3 – 58 Nacho, 3:3 – 88 Ronaldu.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Soaresh, Pepe, Fonte, Gerreyru, Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Ronaldu.
Ispaniya – De Xea, Nacho, Pike, Ramos, Alba, Koke, Buskets, Inesta (Alkantara, 70), Silva (Vaskes, 86), Diego Kosta (Aspas, 77), Isko.
Ogohlantirishlar: Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).

BestMaster
16 Iyun 2018, 01:10
jch-2018, ronaldu, xet-trik, evaziga, ispaniyani, galabadan, mahrum, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 el_kapitano  
ana wundaqa boladi vaqtni chuziwning oqibati
16 Iyun 2018, 08:56
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads