Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning “Real”dan ketadigan vaqti bo'ldimi?!

Aslida, Evropada 30 yoshdan oshgan futbolchilar yoshi katta futbolchilar hisoblanadi.

.
- Yuklab olish

Aslida, Evropada 30 yoshdan oshgan futbolchilar yoshi katta futbolchilar hisoblanadi va aksariyat grand klublar bunday futbolchilarni tarkibdan chiqarib, o'rniga yosh va g'ayratli o'yinchilarni qo'yishadi. Bunga ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Demak, mantiqan olib qaraganda Krishtianu Ronalduning ham “Real”dagi missiyasi tugagandek. Ayni damda 32 yoshni qarshi olgan portugaliyalik futbolchining jismoniy imkoniyatlari pasaygan. Texnik imkoniyatlari haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi.

Oxirgi paytlarda Ronaldu ijrosida deyarli dribling ko'rmayapmiz. Ha, hozirgi jismoniy holati unga raqiblarini birin-ketin ortda qoldirish imkonini bermayapti. Ronaldu bunga deyarli urinayotgani ham yo'q, uringanlari esa samarasiz ketmoqda.

Bundan tashqari, Krishtianu ijrosidagi ajoyib jarima zarbalari ham ko'rinmay ketdi. Ochig'i, oxirgi marta Ronalduning qachon jarimadan gol urganini ham yaxshilab eslamasak, eslolmaymiz. Xullas, Krishtianu oldingi darajasidan ancha pasaygan. Madrid jamoasi ham ayni damda o'zi istagan Ronalduni har doim ham ko'rayotgani yo'q.

Eng muhimi, ayni damda Evropaning bir qator klublari hamon Ronalduga qiziqish bildirishmoqda. Xususan, Xitoy klubi ham Ronalduni sotib olishga urinishdan cho'chishmayapti, chunki ularda pul bor, ayni damda xitoy jamoasi Ronaldu uchun 180 million evro taklif qilyapti. Tasavvur qilyapsizmi, 180 million evro. Ronaldu faoliyatining cho'qqisiga chiqqanida ham buncha turmagan. Endi esa Florentino Peresda Ronalduning deb mo'maygina pul ishlab olish imkoni bor. Yoki Ronalduning transferidan tushgan pulga ikkita-uchta yaxshi o'ynaydigan futbolchi xarid qilsa bo'ladi.

Ko'rib turganingizdek, ko'plab omillar Ronalduning Madriddagi safari tugab borayotganini ko'rsatmoqda. Biroq ayni paytda Ronaldu shunday o'ynayaptiki, yoshi sezilgani ham yo'q. To'g'ri, u chiroyli harakalar qilmayapti, lekin kerakli vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol etishni uddalayapti. Qolaversa, hanuzgacha “Real” murabbiylari o'yinni Ronalduning atrofida qurishyapti. Demak, Ronaldu hozircha ketmay turgani ma'qul.

Ikkinchidan, agar Ronaldu jamoadan ketadigan bo'lsa, “Real” bu yo'qotish o'rnini to'ldirishga qiynaladi. Ayni paytda “qirollik klubi”da portugaliyalik yulduzning o'rnini bosadigan futbolchi yo'q. Bunday futbolchi to'liq tayyor bo'lgandagina Ronalduga javob berish mumkin.

Ronalduning “Real”da qolishi uchun etarli bo'ladigan eng muhim sabab — uning foydali o'yin koeffitsienti yuqorilab borayotganidir. U avvalgidek o'zini ko'rib o'ynayotgani yo'q, u asosiy o'yinlarda jamoasining joniga ora kiryapti, xususan, aynan Ronaldu “Real”ning EChL kubogi hamda La-liganing bosh sovrinini qo'lga kiritishiga sababchi bo'ldi. Yaqinda “Pasportimdagi yoshimning ahamiyati yo'q”, deya intervyu bergan Ronaldu bu gapini amalda ham isbotlayapti. U “Real”da qolmoqchi bo'lsa, demak, qolishi kerak. Umuman olganda, “Real”da hali “Ronaldu davri” tugagani yo'q.

BestMaster
7 Iyun 2017, 23:00
ronalduning, “real”dan, ketadigan, vaqti, boldimi?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 farux  
Tugri agar ranoldo ketsa real anca qiynaladi
8 Iyun 2017, 00:25
 Behzod  
Hudo hohlasa Ronaldo Realda qoladi Ronaldojon ketmagin Realni tark etmagin
8 Iyun 2017, 10:44
 FcBarca  
Penaldo san qoridi sur xitoyga
8 Iyun 2017, 13:17
 Bellingham_5  
ronaldo
23 Aprel 2024, 22:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads