Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu o'tishi mumkin bo'lgan faqat 2ta jamoa bor

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun katta tanlovga ega emas.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun katta tanlovga ega emas.

"Qirollik klubi" futbolchini 200 million evroga sotishga tayyor. Ammo portugaliyalik hujumchi 35-40 mln evro atrofida yillik maosh talab qilayotganini inobatga olsak, uning transferini uncha-muncha jamoa ko'tara olmaydi. Krishtianu ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan 2ta jamoa bor. Ular — "PSJ" va "Manchester Yunayted".

PSJ
Parij shahri klubi moliyaviy feyr-pley qoidasi bo'yicha UEFAning qarorini kutmoqda. Hattoki "PSJ" jiddiy jazoga tortilmasa ham, jamoa o'zining yulduz futbolchilaridan birini sotmasdan turib, Krishtianu bilan shartnoma imzolay olmaydi. Parijliklar o'zlarining porloq kelajakka ega futbolchisi — Kilian Mbappeni sotishmasa kerak. Jamoa "Real"ga Neymarni berib, ustiga qo'shimcha pul olishi mumkin. Mana shu variant haqiqatga yaqinroq.

"Manchester Yunayted"
Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham Ronalduning transferini amalga oshirishga qodir. Ular portugaliyalik yulduzni sotib olish uchun etarli mablag'ga egalar. Boz ustiga, Krishtianuning o'zi ham sobiq klubiga qaytishga qarshi emas. Bu erda hamma gap Joze Mourinoda qolgan. Unga vatandoshi kerakmi? So'nggi paytlarda futbolchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar a'lo darajada deb aytish qiyin.

"Bavariya", "Yuventus", "Manchester Siti"
Nazariy jihatdan "Bavariya", "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham iqtisodiy jihatdan Ronaldu bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga egalar. Ammo ushbu klublarning siyosati Krishtianu xarid qilishga to'sqinlik qiladi. Myunxenliklar hech qachon narxi 100 million evrodan baland futbolchilarni sotib olishmaydi. Krishtianu Turinga kelish uchun kamroq oylik maoshga rozi bo'lishi kerak. Pep Gvardiolaga esa Krishtianu Ronaldu kerak emas.

Boshqa variantlar
Qatar, Yaponiya, Xitoy va MLS – Ronaldu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan mamlakatlar safida tilga olinishi mumkin. Ammo portugaliyalik futbolchining o'zi yana bir necha yil Evropada o'ynashni istamoqda. Shu orqali u yuqori saviyadagi jamoaviy va individual sovrinlarni qo'lga kiritishi mumkin.

BestMaster
10 Iyun 2018, 11:19
ronaldu, otishi, mumkin, bolgan, faqat, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads