Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Real Madrid Foundation Clinic dasturining birinchi haftasi nihoyasiga etdi

Shu kunga qadar o'tkazilgan mashg'ulotlarda “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida bolalar hamda murabbiylar bilan ish olib borishdi.

.
- Yuklab olish

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining tashabbusi bilan, 1 iyun kunidan boshlab “Real Madrid” klubi murabbiylari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilarga hamda futbol murabbiylariga master klasslar o'tkazishayotgani haqida futbol ixlosmandlarining xabarlari bor. 

Shu kunga qadar o'tkazilgan mashg'ulotlarda “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida bolalar hamda murabbiylar bilan ish olib borishdi.

Yosh futbolchilar bilan olib borilgan mashg'ulotlar davomida ularga to'pni maydonda olib yurish, to'p bilan muomala qilish, maydonda to'g'ri pozitsiya tanlay olish, yugurish texnikasi, standart vaziyatlardan unumli foydalanish kabi yo'nalishlar bo'yicha master klasslar o'tkazildi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassislar bolalar bilan “tennisbol” mashg'ulotini olib borishdi.

9 iyun kuni master klasslarning birinchi haftasi nihoyasiga etdi. 2006-2008 yillarda tug'ilgan bolalar birinchi haftaning so'nggi kunida master klasslarda o'zlashtirgan bilim va tajribalarini murabbiylar va tashrif buyurgan mehmonlarga futbol o'yini orqali namoyish qilib berishdi.

11 iyun kunidan boshlab Real Madrid Foundation Clinic dasturining ikkinchi haftasida barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 2003-2005 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan master klasslar davom ettiriladi.  

BestMaster
10 Iyun 2018, 10:59
madrid, foundation, clinic, dasturining, birinchi, haftasi, nihoyasiga, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads