Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» murabbiylari «Qirollik klubi» akademiyasi metodikasi asosida mashg'ulotlar o'tkazishmoqda

Joriy yilning 1 iyun kunidan beri “Real Madrid” klubi murabbiylari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha yurtimizdagi bolajonlarga va futbol murabbiylariga master klasslar o'tkazishayotgani haqida xabaringiz bor. 

.
- Yuklab olish

Joriy yilning 1 iyun kunidan beri “Real Madrid” klubi murabbiylari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha yurtimizdagi bolajonlarga va futbol murabbiylariga master klasslar o'tkazishayotgani haqida xabaringiz bor. 

Bugun “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida bolalar bilan ish olib borishdi.

Mashg'ulotlarda to'pni maydonda olib yurish, to'p bilan muomala qilish, maydonda to'g'ri pozitsiya tanlay olish, yugurish texnikasi, standart vaziyatlardan unumli foydalanish kabi yo'nalishlarda bolalar bilan master klasslar o'tkazildi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassislar bolalar bilan “tennisbol” mashg'ulotini olib borishdi. 

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga qadar amaliy tadbirlar o'tkazishadi. 

Real Madrid Foundation Clinic dasturining ikkinchi bosqichida bolajonlar va futbol murabbiylari uchun master klasslarni viloyatlarda o'tkazish rejalashtirilgan.  

BestMaster
6 Iyun 2018, 18:30
«real, madrid», murabbiylari, «qirollik, klubi», akademiyasi, metodikasi, asosida, mashgulotlar, otkazishmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads