Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCH-2018: Germaniya terma jamoasining mundialga boradigan yakuniy tarkibi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Rossiyaga boradigan yakuniy tarkibni e'lon qildi. Unga ko'ra yakuniy 23 talik ro'yxatdan murabbiy qaroriga ko'ra darvozabon Bernd Leno, himoyachilar Jonatan Ta va Shkodran Mustafi, yarimhimoyachi Leroy Sane va hujumchi Nils Petersen tushib qoldi. Umuman olganda esa nemislar tarkibidan Mario Gyotze va Andrea Shyurle kabi futbolchilar kengaytirilgan qaydnomag ham kiritilmagan edi.

Darvozabonlar: Manuel Noyer ("Bavariya"), Mark-Andre ter Stegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("PSJ");

Himoyachilar: Jerom Boateng, Mats Xummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi – "Bavariya"), Mattias Ginter ("Borussiya" Menxengladbax), Yonas Xektor ("Keln"), Marvin Plattenxardt ("Gerta"), Antonio Ryudiger ("Chelsi");

Himoyachilar: Yulian Brandt ("Bayer"), Yulian Draksler ("PSJ"), Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti"), Sami Xedira ("Yuventus"), Toni Kroos ("Real"), Leon Goretska (Shalke 04"), Sebastyan Rudi ("Bavariya"), Mesut Ozil ("Arsenal"), Marko Roys ("Borussiya" Dortmund);

Hujumchilar: Mario Gomes ("Shtutgart"), Tomas Myuller ("Bavariya"), Timo Verner ("RB Leypzig").

Eslatib o'tamiz, nemislar guruhda Janubiy Korea, Shvetsiya va Meksika bilan kuch sinashadi.

Bobojonov

BestMaster
4 Iyun 2018, 15:29
jch-2018, germaniya, terma, jamoasining, mundialga, boradigan, yakuniy, tarkibi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads