Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real Madrid” murabbiylari tomonidan poytaxtimizda master klasslar o'tkazilmoqda

Joriy yilning 3 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimi o'tkazilganidan hamda ushbu tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishganidan muxlislarimizning xabarlari bor.

.
- Yuklab olish

4 iyun kunidan “Qirollik klubi”ning murabbiylari — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente boshchiligida mashg'ulotlarning amaliy qismi boshlanib, yosh futbolchilar ishtirokida master klass o'tkazish boshlandi. Bugungi master klassda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 2006 yilda tug'ilgan bolalar ishtirok etishmoqda.

Master klassda asosiy e'tibor yosh futbolchilarning to'p bilan qanday muomala qilishi, mashg'ulotlar davomida e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar, to'g'ri nafas olish va to'g'ri ovqatlanish, zarbalar ustida ishlash, texnik va jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga qadar amaliy tadbirlar o'tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli nazorat uchrashuvlari tashkil qilinib, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

BestMaster
4 Iyun 2018, 14:19
“real, madrid”, murabbiylari, tomonidan, poytaxtimizda, master, klasslar, otkazilmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads