Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning finaldan keyingi “jumbog'i”

Portugaliyalik superyulduz “Liverpul”ga qarshi Chempionlar Ligasi finalida o'z hissasini qo'shgan holda qatorasiga uchinchi marta ushbu nufuzli sovrinni boshi uzra baland ko'tardi.

.
- Yuklab olish

Portugaliyalik superyulduz “Liverpul”ga qarshi Chempionlar Ligasi finalida o'z hissasini qo'shgan holda qatorasiga uchinchi marta ushbu nufuzli sovrinni boshi uzra baland ko'tardi. Ammo shu bilan birga o'yindan keyin klubdagi kelajagiga doir ilk “topishmoq”ni ommaga ma'lum qildi.

Krishtianu Ronaldu “Real Madrid”dagi kelajagi pul yoki shon-shuhrat bilan umuman bog'liq emasligini tilga oldi va bu bilan “Santyago Bernabeu”dan ketishiga sha'ma qildi.

5 karra “Oltin to'p” sohibi “Liverpul”ga qarshi finalni “tinch” o'tkazgan bo'lsada, o'yindan keyingi OAV nashrlarida sarlavhalarning bosh qahramoniga aylandi.

U beIN Sports ga bergan qisqa intervyusida “Real”da o'ynash juda ajoyib” ekanini aytgandi.

Ammo Ronaldu keyinroq bergan intervyusida Evropaning nufuzli sovrinini beshinchi bor yutganidan keyin yozgi transfer bozorida u “biror nimani kafolatlay olmasligi”ni so'zlab berdi.

Marca ning “Manchester Yunayted”ga qaytish yoki Xitoyga “buyuk ko'chish” haqida bergan savolga u “pul – muammo emas”ligini aytdi.

“Men Chempionlar Ligasi va “Oltin to'p”ni besh marta yutdim. Men allaqachon tarixni yaratib bo'ldim.”

“Xafa emasman, chunki klubga nimalar bera olganimni juda yaxshi bilaman. Bunday ajoyib damlarni chempion safdoshlarim bilan unutishni istamayman.”

“Men hech narsani kafolatlay olmayman. Men bekinishni xohlamayman. Kelayotgan kunlarda men barchasini aytaman. Hayot faqat shon-shuhratdan iborat emas.”

Shuningdek, Kievda portugaliyalik futbolchining ketishiga madridliklar prezidenti Florentino Peres “aybdorligi” bo'yicha ham fikr-mulohazalar o'rin oldi. Boisi “Santyago Bernabeu” xo'jayini Ronalduning jamoani tark etishiga asosiy sababchilardan biri sifatida ko'rilmoqda. Portugaliyalik yulduz esa buni inkor qildi.

“Mening (u bilan) hech qanday muammom yo'q” – deydi Ronaldu Peres bilan oralaridagi munosabatlarga oydinlik kiritarkan.

“Men yaxshi professionallar kabi u bilan gaplashaman va salomlashaman. To'fon bizdan birortamiz bo'lmagan joyda yuz bermoqda.”

Ronaldu shuningdek, uning kelajagi jamoatchilik ichida keng muhokama qilinayotganiga e'tibor bermasligini ta'kidladi.

“Hozir ayni vaqti emas ammo men vijdonliman. Ko'p gapirmayman, ammo qachonki gapirmoqchi bo'lsam, gapiraman” – deydi KR7.

“Albatta, meni aytadigan gaplarim bor, ammo >>>Davomi

BestMaster
4 Iyun 2018, 09:59
ronalduning, finaldan, keyingi, “jumbogi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 adna  
he naqt saf-sata!!!rostdan ketar mikan CR7
5 Iyun 2018, 06:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads