Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Foydali qazilma. Qay tarzda Isko “Real” uchun ko'rinmas qahramonga aylandi?

Mavsum davomida uni bir necha marotaba bir nechta klubga sotishdi.

.
- Yuklab olish

Keylor Navas keyingi xatosini amalga oshirayotgan, Garet Beyl jarohati bilan kurashayotgan va Krishtiano Ronaldu faqat Chempionlar ligasida gol urayotgan bir paytda Primeroda “Real”ning haqiqiy etakchisi Isko bo'ldi. Mavsum davomida uni bir necha marotaba bir nechta klubga sotishdi. Ammo u har chiqqan o'yinida o'z professionalligini isbotladi.

2016 yilning yozi “Real”ning birdaniga ikki futbolchisi — Isko va Xames Rodriges uchun noqulay o'tdi. Ikki futbolchining “qirolli klubi”ni tark etishi transferning oxirgi soniyalarigacha tinmadi va hatto undan so'ng ham davom etdi. Qariyb har bir o'yindan keyin bu ikki futbolchi uchun OAV yangi klub topib berardi. O'z navbatida Zidan bir gapni aytishdan hech charchamasdi: “Bu futbolchi bizga juda kerak va ular, albatta, o'z imkoniyatlariga ega bo'lishadi”. Murabbiy o'z so'zida turdi va ularga etarli darajada imkon berdi. Biroq bu imkoniyatdan faqat bir kishi foydalana oldi, bu — Isko.

Garchi noyabr oyida “Golden boy — 2012” sohibi o'z kelajagi haqida hech narsa ayta olmasligini ta'kidlardi, uning atrofida esa “PSJ”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Milan” va boshqa grand klublar girdikapalak bo'lishgandi. Mavsumning birinchi pallasi yakunlanganidan so'ng Isko hisobida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma bor edi.

Yangi kirib kelgan yilda Isko 7 marotaba darvozabonlarni xafa qilgan bo'lsa, 2 marotaba jamoadoshlariga yordam bergan. Bu bilan La-ligada bir mavsumda gol urish bo'yicha o'z rekordini takrorladi. Uning to'p uzatish bo'yicha aniqligi 90 foizga teng, yakkakurashlarning yarmida qo'li baland kelgan, o'yinda to'pni dadil tarzda o'zida ushlab qoladi va mayda paslarda juda chaqqon harakat qiladi. Muxlislar Florentino Peresdan zudlik bilan yangi shartnoma tuzishni so'rashmoqda.

“Isko jamoada qoladimi? Hammaga ma'lumki, uning o'yin uslubi menga juda yoqadi. U bizning klubda qolishi kerak, uning joyi shu erda”, — deya bir necha marotaba Zidan bu savolga javob berishga majbur bo'lgan. Yangi shartnoma Iskoga martning oxiriga kelib taklif qilindi. Unga ko'ra, jamoa futbolchi bilan 6 yilga shartnoma tuzadi va uning maoshi 2 barobarga (ya'ni 3 mln evrodan 6 mln evroga) oshadi. Futbolchi keyinroq muxlislarni xavotirga tushirib qo'ydi. Gap shundaki,

Davomi

BestMaster
6 Iyun 2017, 18:00
foydali, qazilma, tarzda, isko, “real”, uchun, korinmas, qahramonga, aylandi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Akaml  
Albata
7 Iyun 2017, 00:49
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads