Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi nom, ,,Qirol Real" yohud Zidanning falsafasi...

P/s: Bu maqola hech qanday g'alabadan ta'sirlanib yoki g'ururlanib yozilmaydi. Buni hayol ham qilmang, hayolingizni puchga chiqaraman. Bu yakun. NUQTA!

Tepadan pasga nazar...

Odatda eslatmalar(P/s), shaxsiy fikrlar maqola pastida yozib o'tiladi. Aslida maqolani o'quvchi uchun, o'qishi kerak bo'lgan yo'nalishni oldindan berish kerak, degan fikrga keldim bu safarlik. O'quvchi tepadan pasga nazar tashlasa, barchasini ko'ra oladi, biladi, tushunadi nimalar bo'lganini. Mana men yo'nalish beryapman, yuravering to'g'ri yo'ldasiz. Deylik siz ,,Real"siz. Endi qarang, chempionlik nazari bilan shoxsupadan pastga qarang. Aytingchi, sizga bosib o'tgan yo'lingiz qanday ko'rinyapdi? Bir pag'ona pastga tushub ko'ramiz, ECHLning 2017-mavsum yarim finalchisi va Germaniya chempioni hamda nemislar ,,Qiroli Bavariya" bor, bunday klublarga duch kelsangiz, odatda u sizni yanchib tashlaydigan darajada kuchli klubdir. Tushing, yana tushing pastga. ECHLning 2017- mavsum finalchisi va Italiya A-seriyasining o'tgan yilgi, balki qatorasiga bir necha yilgi chempioni, aniqrog'i Italiya ,,Qiroli Yuve" bor, qo'rqinchli-a?. Tirsmang, yana tushamiz, ECHlning o'tgan yilgi chorak finalida ,,Barsa"ni super hisobda yengib, javob baxsida ,,super" hisobda yengilib bergan, top darajadagi futbolchilari ko'p bo'lgan va Fransiya chempionating ,,Qiroli PSJ" bor, yaxshi ketyapmizmi? Ammallab o'tdik, bu yog'i yuqoridan maydaroq ko'rinadi, deb o'ylayotgandirsiz? Guruhida Aplning shu vaqtdagi ikkinchi jamoasi ,,Tottenham" va Germaniyaning ikkinchi jamoasi ,,Borussiya D" hamda ,,Apoel" bo'lsa, demak siz oson yo'ldan yurib tepaga, so'ngi marraga yetib kelmagansiz. Ahir bu mavsumning ,,o'lim" guruhi, aynan ,,Real"niki edi, natijadan ham ma'lum, ,,Tottenham" birinchi o'rinni egalladi. Kimlardir pastdan tepaga qarab gapirayotganda, tepaning qanday balandligini, qiyinligini ko'ra olmaydilar, gapiraveradilar bilmasdan. Pastdan tepaga emas, tepadan pastga qarang, shundagina ko'rinadi barchasi. ,,Real" so'ngi marraga yetib kelganida, pastga qarab bildiki, u eng tepaga chiqib bo'ldi, undan tepasi yo'q! Ko'pchilik dediki, sen endi ,,Qirol"san, qirol ,,Real"san, tamom!

                                                                      Davomi

BestMaster
1 Iyun 2018, 00:20
yangi, qirol, real, yohud, zidanning, falsafasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads