Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

3 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo'lib o'tadi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan  yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo'yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik. 

.
- Yuklab olish

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan  yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo'yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Ana shu dasturga asosan bugun poytaxtimizga “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishdi. 

Ertaga 1 iyun kuni “Bunyodkor” klubi akademiyasida yurtimizdagi bolalar murabbiylari uchun seminar tashkil qilinadi.   Shuningdek, “Bunyodkor” klubining mashg'ulotlar stadionida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

3 iyun kuni soat 19:00da “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etadi.  

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga amaliy tadbirlar o'tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

BestMaster
31 May 2018, 19:30
iyun, kuni, “bunyodkor”, stadionida, real, madrid, foundation, clinic, dasturining, ochilishi, bolib, otadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads