Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ning 3 nafar murabbiyi Toshkentga tashrif buyurdi

Ana shu dasturga asosan “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishdi. 

.
- Yuklab olish

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan  22-23 may kunlari Ispaniyaning “Qirollik klubi” akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurib,  yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo'yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Ana shu dasturga asosan “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishdi. 

Mehmonlarni “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida” O'FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi. 

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib bormoqda. 

Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo'lib, bolalarga futbol bo'yicha master-klasslar o'tab berishadi. 

Tadbirlar 1 iyun kunidan boshlanadi.

BestMaster
31 May 2018, 06:50
«real, madrid»ning, nafar, murabbiyi, toshkentga, tashrif, buyurdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads