Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadi

"Manchester Yunayted" "Madrid" yarimhimoyachisi Garet Beylga jiddiy qiziqmoqda, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi. Inglizlar yana bir bor Beylni sotib olishga urinib ko'radi. Hozirgi kunda Beyl jamoadagi o'rnidan norozi va klubdan ketishga qarshi emas.

"Qizil iblislar" esa Beylni nafaqat jamoaning asosiy tarkib futbolchisi balki jamoaning yuzi qilishga ham tayyor. Xuddi Ronaldu "Real"da, Neymar "PSJ"dagi o'rni kabi. Zidan jamoasida esa uelslik futbolchi Ronaldudan keyingi o'rinda turadigan futbolchi ham sanalmaydi.

Beyl transferiga shuningdek Joze Mourinyo ham qarshi emas. Oldinroq Mourinyo Beylni o'z jamoasida ko'rishdan ma'mnun ekanligini aytib o'tgan edi. Shuningdek, u o'tgan yozda Garetni o'z jamoasida ko'rishni juda ham xohlagan.

Bu transferga esa "Madrid" rahbarlarining munosabati: Beyl sotilmaydi! Florentino Peres 28 yoshli futbolchini sotmasligini aytib o'tadi va yozgi ta'tildan so'ng u bilan gaplashib olishini aytib o'tgan.

Bobojonov

BestMaster
31 May 2018, 00:20
manchester, yunaytedning, asosiy, transfer, maqsadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads