Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi libosga yarashmagan tugma: Klopp qazigan «choh»ga «Liverpul» quladi

Bu galgi Chempionlar ligasi xatolarga boy bo'ldi, o'zgacha bo'ldi, kutilmagan bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Bu galgi Chempionlar ligasi xatolarga boy bo'ldi, o'zgacha bo'ldi, kutilmagan bo'ldi. Bu holat guruh bahslaridan tortib finalgacha kuzatildi. Ayniqsa, final shunaqa ruhda o'tdiki, agar menga «Chempionlar ligasi finali boshqatdan o'tkazilishini istaysanmi?» deyishsa, hech ikkilanmasdan “Ha”, degan bo'lardim. Chunki men uchun bu final tatimadi. Final boshqacha bo'lishi kerak edi.

G'ALABA KERAK, AMMO...

Futbol — kurashuvchan sport turi. O'zaro kontaktlar, raqobat, jismoniy kurash kechishi tayin. Buni inkor etib bo'lmaydi. Ammo bu raqibga nisbatan shafqatsizlik qilish kerak degani emas. Biroq g'alaba uchun, sovrin uchun har narsaga tayyor bo'lgan Serxio Ramos buni esdan chiqardi. «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan bo'lgan vaziyatda u nafaqat to'p uchun, balki raqibiga jarohat etkazish uchun ham kurashdi. Xulosa chiqarishga shoshilmang, men bu gapni Ramosning xarakterini, harakatini va ko'p yillik tajribaga ega ekanligini inobatga olib aytyapman. Ramos qanday harakat raqibga jarohat etkazishini yaxshi biladi. O'sha vaziyatda u Salohning qo'lini qo'ltig'iga qisib olgandan ko'ra elkasi bilan itarib, to'pni tepib yuborsa bo'lardi-ku! Yo'q, u bunday qilmadi. Ehtimol, u atayin Salohga jarohat etkazishga urinmagandir, ammo o'sha xatti-harakati jismonan o'zidek baquvvat bo'lmagan Muhammadga jarohat etkazishi aniqligini hisobga olishi kerak edi. Ammo bu futbol, unda birinchi o'rinda inson emas, g'alaba faktori turadi. Har holda, Ramos shunday hisoblaydi.

Aynan Muhammad Saloh jarohat olib maydondan chiqib ketganidan keyin finalga bo'lgan qiziqishim so'na boshladi. Chunki «Liverpul» aynan Salohga ishongandi, bu Muhammadning birinchi finali edi. Ha, men finalda hech bir jamoaga muxlislik qilmadim, ammo Salohning o'zini ko'rsatishini xohlagandim. Istardimki, boshqa futbolchilar, hatto Ramosning o'zi ham keyingi safar bunday xunuk xatti-harakatga qo'l urmasin.

KLOPP QAZIGAN «ChOH»

davomi

BestMaster
28 May 2018, 17:49
yangi, libosga, yarashmagan, tugma, klopp, qazigan, «choh»ga, «liverpul», quladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Zofik  
Davomi jonga tegdi
28 May 2018, 19:02
 Jonipay1987  
Давомини каердан топамиз билганлар айтинглар
28 May 2018, 21:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads