Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: "Real"da qolaman deb kafolat bermayman

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Marca nashriga intervyu berib o'tdi.

"Hozir kelajagim haqida gapiradigan payt emas. Men kelajak haqida gapirishga majbur emasman. Lekin har narsa sodir bo'ladi. To'g'ri bu gapni aytadigan payt emas, ammo men to'g'risini to'g'ri gapiraman. Bir necha haftadan keyin men bu haqida batafsil ma'lumot beraman.

Pul muammo emas. Men besh marta Chempionla Ligasini yutdim va shuncha "oltin to'p"... Men allaqachon tarixga kirdim, biroq hozir undan ham katta devorlar bor. Men hafa emasman, chunki klubga ko'p narsa berdim. Ushbu lahzalarni yo'qqa chiqarmoqchi emasman, biz jamoadoshlarim bilan birgalikda chempion bo'ldik.

Keyingi yil ham "Real"da bo'laman deya kafolat bermayman. Yaqin kunlar ichida qarorimni oshkor etaman. Xayot faqat so'zlardan iborat emas. Peresga kelsak u meni professional sifatida tabrikladi, u bilan yaxshi suhbat bo'ldi", - deydi Ronaldu.

Bobojonov

BestMaster
27 May 2018, 14:59
ronaldu, realda, qolaman, kafolat, bermayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Эркак бул Рони сенга ярашмайди аразиш. Гол урмаганингга жахл киляпсан. Сенда имконият булди, айб узингда. Бейлни сенга оширмаганига келсак олдинрок ташламади, яхши позицияга чикганда имкон булмади. Узинг хаммасини яхши биласан. Реалдан бошка жойда хеч нарса килолмайсан ва аста аста йуколиб коласан. Сени жойинг Реалда
27 May 2018, 22:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads