Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu «Real»dan ketadimi? Zidan javob berdi

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi finalidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi finalidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Krishtianu «Real»dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi. U qoladimi? Krishtianu bu haqda bugun gapirib, xudbinlik qilmayaptimi?
— Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Hozir biz faqat o'yin haqida, erishgan natijamiz haqida o'ylaymiz. Bor e'tiborimizni shunga qaratishimiz kerak. Keyin esa ko'ramiz. Har doim gapirib kelganman: Krishtianu «Real»da qolishi kerak.

— Krishtianu qolishini tasdiqlaysizmi?
— Hozirgina tushuntirdim: u qolishi kerak, u biz bilan qolishi kerak. U — «Real» futbolchisi. Bu klubda u erishgan natijalarni so'z bilan ta'riflash qiyin.

— Siz uning o'zi bilan gaplishdingizmi, u rostdan ketishni istamoqdami?
— Yo'q, gaplashmadim. Agar u nimadir degan bo'lsa, bu uning so'zlari. Lekin hozir biz faqat qo'lga kiritilgan g'alabadan maroqlanishimiz kerak. Balki, oradan 3-4 kun o'tib Krishtianu yana nimadir der, ammo hozir bu haqda gapirishning mavridi emas.

BestMaster
27 May 2018, 10:19
ronaldu, «real»dan, ketadimi?, zidan, javob, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Zofik  
Ronaldu o'yininga gap yo'q! Lekin ozgina erkak bo'l
27 May 2018, 22:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads