Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Qirollik klubi» — yana tengsiz!

Evropa chempionlar ligasining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi. "Real" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin ehtiroslarga, kutilmagan voqealarga boy berdi.

Uchrashuv juda yuqori tempda boshlanib ketdi. Ayniqsa, Klopp shogirdlari raqibga nisbatan jiddiy pressing ishlatib, madridliklarni ancha shoshirib qo'yishdi. Ammo tajribali futbolchilardan tashkil topgan "Qirollik klubi" mudofaasi va darvozaboni o'zlarini yo'qotib qo'ymasdan raqibning xavfli hujumlarini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

"Qaymoqranglilar" o'zlarining dastlabki xavfli hujumini raqibning xatosidan so'ng yuzaga keltirishdi. "Liverpul" futbolchisi maydon markazida noaniq uzatma berishi oqibatida to'pni Karvaxal egallab, Ronalduga etkazdi. Krishtianu o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, o'tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

Bahsning 23-daqiqasida liverpulliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Manening uzatmasidan keyin Milner o'ng qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Firmino 11 metrli nuqta ustidan to'pni egallab, zarba berdi. To'p Ramosga tegib qaytdi. To'pni egallagan Trent 12 metrlardan zarba berdi. Navasdan ajoyib seyv orqali jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

Mana shunday yuqori suratlar ostida kechgan taymning birinchi yarmidan keyin noxush holatlar yuzaga keldi. Dastlab Muhammad Saloh, oradan ko'p o'tmasdan Daniel Karvaxal jarohat olib, ko'zda yosh bilan maydonni tark etishdi. Misrlik futbolchining o'yinni davom ettira olmagani "Liverpul" futbolchilariga salbiy ta'sir ko'rsatdi shekilli, ular asosan himoyalanishga majbur bo'lishdi.

Birinchi bo'lim so'ngida "Real" to'pni raqib darvozasiga joyladi, ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

Ikkinchi bo'limning debyuti Zidan shogirdlari uchun omadli keldi. "Liverpul" himoyachilari kontsentratsiyani yo'qotib qo'yishi natijasida Isko birga-bir vaziyatda 14 metrlardan zarba bergandi. To'p to'singa tegib qaytdi. "Madrid" mana shunday ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi, ammo "Liverpul" posboni yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'yib, raqibga yordam berib yubordi. "Real" hujumi paytida to'pni xotirjamlik bilan egallab olgan Karius qo'li bilan jamoadoshiga uzatma berayotganida, uning yonida turgan Benzema to'p yo'liga oyoq qo'ydi. To'p Karimning oyog'idan darvozga kirib ketdi.

Mersisaydliklar teda hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan etkazilgan uzatmaga van Deyk bosh bilan zarba berdi. Sado Mane esa shundoqqina darvoza oldidan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

Buyog'iga Zidanning yashirin taktikasi ishga tushdi. Isko o'rniga Beyl tushdi va u o'yin qahramoniga aylandi. Maydonga tushganiga 2 daqiqa bo'lgan Garet dahshatli gol muallifiga aylandi. Chap qanotdan Marselo tomonidan etkazilgan uzatmani uelslik futbolchi chalqancha uslubda raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

"Liverpul" yana tezda hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Sado Mane 16 metrdan erlatib zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi!!!

Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Beyl, yana ham aniqrog'i, Karius o'yinga nuqta qo'ydi. Garet Beyl olis masofadan zarba berdi. Karius esa oddiy vaziyatda to'pni o'tkazib yubordi. To'p darvozabonning qo'lidan sirpanib, to'rga borib tushdi.

Shu tariqa, "Real" o'z tarixida 13-marta, ketma-ket uchinchi marta nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi.

Evropa chempionlar ligasi.Final
"REAL MADRID" - "LIVERPUL'" 3:1
26 may. 23:45. Kiev."Olimpiyskiy" stadioni
Gollar: 1:0 – 51 Benzema, 1:1 – 55 Mane, 2:1 – 64 Beyl, 3:1 – 83 Beyl.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Salax (Lallana, 30), Milner (Djan, 83), Mane, Xenderson.
Ogohlantirish: Mane (82).

BestMaster
27 May 2018, 01:49
«qirollik, klubi», yana, tengsiz!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Jonipay1987  
Мен койилман. Шунчаки фантастика. Мен бикдирган фикрлар узини оклади . Одилcr7 табриклайман. Шошмай хато килмай йозинг ОМАД БАРЧА РЕАКЧИЛАРГА
27 May 2018, 02:04
 uuuuuu  
Реал фанатларини табриклайман бугун байрам худога шукр реал чемпион реалга ухшайдиган кулуб дунёда юк ва булмайдиям бу турнир реал мусобакаси факат реал рекордлар урнатади бошка хеч кайси кулуб
27 May 2018, 02:19
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads