Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun final! «Real» - «Liverpul». Prevyu

Bugun Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi nomi aniq bo'ladi.

.
- Yuklab olish

Bugun Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi nomi aniq bo'ladi. Ukraina poytaxti — Kiev shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida "Real" va "Liverpul" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Mazkur o'yinga qisqacha prevyu shaklida to'xtalib o'tamiz.

Finalgacha bo'lgan yo'l

"Qirollik klubi" uchun mavsumning dastlabki yarmi u qadar omadli kechmadi. Jamoa Ispaniya chempionatida asosiy raqibidan ancha ortda qolib ketgan bo'lsa, EChL guruh bosqichida 2-o'rinni band etdi. 2018 yilga kelib Zidan jamoasi o'z formasini tiklab oldi va butunlay boshqacha natijalar qayd eta boshladi. "Qaymoqranglilar" Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Frantsiya, Italiya va Germaniya chempionlarini musobaqada chiqarib yubordi. To'g'ri, "Real" "Yuventus" va "Bavariya"ga qarshi uchrashuvlarda ancha qiynaldi. Shunga qaramay, finalgacha aynan "Madrid" etib keldi.

"Liverpul" esa finalgacha bo'lgan yo'lda o'zini ancha erkin his qildi. Mersisaydliklar o'z guruhlarida 1-o'rinni egallashdi. Klopp jamoasi nimchorak finalda "Portu"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:0, 0:0). Chorak finalda esa jamoa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborishini ko'pchilik kutmagandi. "Liverpul" har ikkala o'yinda "shaharliklar"ni mag'lub etdi (3:0, 2:1). Jamoa "Roma"ga qarshi kechgan yarim final bahslarida bitta ko'p gol urgani evaziga final yo'llanmasini qo'lga kiritdi (5:2, 2:4). Ko'rib turganingizdek, "Liverpul" pley-off bosqichida birinchi o'yinda juda kuchli o'yin ko'rsatishi evaziga masalani hal qilib qo'ygan.

Murabbiylarning fikrlari

Yurgen Klopp: "Liverpul" katta g'alabalarga o'rgangan. Biz "Real" darajasida emasmiz, ammo futbolda shunday taktikalar borki, raqibni o'z darajasidan pastroq o'ynashga majbur qiladi. Bir yarim yil oldin ham yaxshi jamoaga ega edik. Balki, o'shandayoq final haqida orzu qila boshlagandirmiz. Biz namoyish qilgan o'yin maqsadimizni amalga oshirishga yordam berdi. Bizda jamoaviy ruh paydo bo'ldi. Bu bizning eng kuchli qurolimiz. Finalda "Real" favorit, lekin barchasi maydonda hal bo'ladi. "Madrid" juda kuchli, ammo ular hali bizga to'qnash kelishmagan. Ko'p futbolchilarimiz o'yindan oldin hayajonishi mumkin, bu normal holat. Ha bu mas'uliyatli bahs, ammo shunchaki o'yin ekanini unutmaslik kerak".

Zayniddin Zidan: "Biz bosimni his qilyapmizmi? Bu hayot. Bosim seni kuchli qiladi. Kim favorit ekanini muxlislar gapirishi mumkin, lekin bu o'yinda favorit yo'q ekanini bilamiz. Har qanday final o'yinida bo'lgani kabi jamoalarning imkoniyatlari teng. Biz o'z o'yinimizni namoyish qilib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz o'zimizni favorit deya hisoblamaymiz. Faqatgina favorit bo'lganimiz uchungina g'alaba bizga nasib etishi kerak, deb o'ylamayapmiz. Qiyin o'yin kutib turibdi. Final bahsida kamroq muammoga duch kelishni istaymiz, ammo jiddiy ter to'kishga to'g'ri keladi. Men hamisha g'alaba qozonishni istayman va bundan keyin bu maqsad yo'lida harakat qilaman".

Rekordlar va natijalar

"Real" Evropa chempionlar kubogi/Evropa chempionlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritish bo'yicha rekordchi hisoblanadi — 12ta sovrin. Jamoa so'nggi 4 yil ichida 3 marta EChLda g'olib chiqdi. O'tgan mavsumda "Qirollik klubi" musobaqada ketma-ket ikki marta g'olib chiqqan ilk jamoaga aylangandi. Endi ular bu ishni ketma-ket uch marta amalga oshirish imkoniyatiga egalar.

"Liverpul" esa Evropaning klublar o'rtasidagi bosh sovriniga 5 marta ega chiqqan. Ular musobaqa Chempionlar kubogi deb nomlangan paytda 4 marta, Chempionlar ligasida esa 1 marta (2005 yilda) sovrinni boshlari uzra baland ko'tarishgan.

Taxminiy tarkiblar

BestMaster
26 May 2018, 19:39
bugun, final!, «real», «liverpul», prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads