Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL, final. Qiziqarli faktlar

Evropa chempionlar ligasi boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasi boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. "Real" va "Liverpul" jamoalariga tegishli qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

89 — EChLning ushbu mavsumida "Liverpul" futbolchilari ijrosidagi shuncha zarba darvoza tomon aniq borgan. "Real"ning bu borada ko'rsatkichi — 86ta. Bu turnirdagi eng yaxshi natijalardir.

84 — "Liverpul" uzatmalarining shuncha foizi aniq bo'lgan. Bu esa unchalik yuqori natija emas. "Seltik", "Benfika" va "Spartak" kabi 16ta klubning bu boradagi statistikasi mersisaydliklarnikidan yaxshiroq.

33 yoshu 110 kun — bugun Krishtianu Ronaldu mana shu yoshda bo'ladi. Finalga taqdim qilingan futbolchilar ro'yxatida aynan portugaliyalik futbolchi eng yoshi katta o'yinchi hisoblanadi.

33 — Krishtianu Ronaldu EChLning ushbu mavsumi davomida raqib darvoza tomon shunchadan aniq va noaniq zarba bergan. Har ikkala ko'rsatkich bo'yicha u etakchi.

29 — "Real" futbolchisi Markos Lorente EChLda shuncha uzatma bergan va ularning barchasi aniq chiqqan.

21 — "Real" va "Liverpul" futbolchilari shuncha martadan sariq kartochka olishgan. "Bavariya" (27) va "Yuventus" (23) futbolchilari boshqalarga nisbatan ko'proq ogohlantirish olishgan.

14 — Serxio Ramos tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklar soni. "Liverpul"ning ikki futbolchisi — Jeyms Milner va Emre Jan hisobidagi follar soni ko'proq, Jordan Xenderson esa bu borada Ramos bilan bir xil ko'rsatkichga ega.

3 — "Real"ning birdaniga 3 futbolchisi — Marselo, Toni Kroos, Markos Asensio olis masofaga aniq uzatma berish bo'yicha top-10ga kirishdi.

2 — To'pni nazorat qilish o'rtacha vaqti bo'yicha jamoalar natijasi orasida farq 2 daqiqani tashkil qiladi. "Real" bir o'yinda o'rtacha to'p bilan 34 daqiqa davomida muomalada bo'lgan bo'lsa, "Liverpul" o'rtacha 32 daqiqa to'pga egalik qilgan.

1 — Oyoqda urilgan gollar soni bo'yicha Krishtianu Ronaldu etakchi — 10ta gol. Muhammad Saloh hisobidagi gollar soni  8ta.

BestMaster
26 May 2018, 19:39
final, qiziqarli, faktlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads