Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ga o'tishi kutilayotgan Teo Ernandes mudhish jinoyatda ayblanmoqda

«Atletiko» himoyachisi Teo Ernandes sud oldida javob berishi mumkin.

.
- Yuklab olish

«Atletiko» himoyachisi Teo Ernandes sud oldida javob berishi mumkin.

El Español xabariga ko'ra, 20 yoshli qiz Marbelya politsiyasiga murojaat qilib, futbolchini zo'ravonlikda ayblagan. Uning ko'rsatmalarida ba'zi chalkashliklar borligi tufayli politsiya Ernandesni hibsga olmagan.

Qizning gapiga ko'ra, Teo o'ziga tegishli bo'lgan avtoulovda unga tegajog'lik qilgan. Qiz unga qarshilik ko'rsatganidan so'ng, futbolchi uni mashinadan tushirib yuborgan. Shundan so'ng u politsiyaga murojaat qilgan.

Avvalroq, Ernandesning «Atletiko» safida o'ynovchi akasi Lyuka o'z dugonasiga qo'l ko'targani uchun, sud tomonidan 31 soatlik jamoat ishlariga mahkum qilingan edi.

Teo Ernandes o'tgan mavsumni «Alaves» safida ijarada o'tkazdi. Avvalroq, uning «Real» klubiga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi.

BestMaster
5 Iyun 2017, 20:00
«real»ga, otishi, kutilayotgan, ernandes, mudhish, jinoyatda, ayblanmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads