Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» — «Liverpul» uchrashuviga oid qiziqarli 35 fakt

Xabar berilganidek, bugun, 26 may sanasida Evropa Chempionlar Ligasining 2017/18 yilgi mavsumi final bahsi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Xabar berilganidek, bugun, 26 may sanasida Evropa Chempionlar Ligasining 2017/18 yilgi mavsumi final bahsi bo'lib o'tadi.

Foto: Google Images

Zinedin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» bugun ketma-ket uchinchi bor EChL kubogini qo'lga kiritish uchun Yurgen Klopp shogirdlari «Liverpul»ga qarshi kurash olib boradi. Final bahsiga Kievdagi «Olimpiyskiy» stadioni mezbonlik qiladi.

Quyida uchrashuvga oid qiziqarli statistikalar taqdim etilmoqda.

 

1. Mazkur o'yin «Real» uchun evrokuboklardagi 31-final bahsi bo'lsa, «Liverpul» uchun esa yigirmanchisidir.

2. Tomonlar 5 marotaba o'zaro duch kelgan. 3 ta g'alaba «Liverpul» hisobida, «Real» esa 2 marta g'alabaga erishgan. To'plar nisbati 6:4 «mersisaydliklar» foydasiga.

3. 1981 yilning 27 mayida «Liverpul» «Real»ni Chempionlar Kubogida finalida so'nggi marta mag'lub etgan.

4. Bu g'alaba Angliya klublarining ispan jamoalari ustidan finalda qozonilgan ilk g'alabasi hisoblanadi. Undan keying finallarda «Barselona» «Arsenal» (2006), «Manchester Yunayted» (2009, 2011) jamoalarini mag'lub etgan.

5. Krishtianu Ronaldu «Liverpul»ga qarshi 11 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urgan. Beylda esa 10 ta uchrashuv 1 ta gol, Benzema bo'lsa 2 ta o'yinda 3 ta gol urishga erishgan.

6. Yurgen Kloppning Madrid klubiga qarshi statistikasi: 3 ta g'alaba, 1 ta durang, 2 ta mag'lubiyat.

7. «Real» EChLning ketma-ket 29 ta o'yinida gol urdi. Jamoa so'nggi bor maydonni 2016-yl 15 mayida «Manchester Siti»ga (0:0) qarshi o'yinda maydonni golsiz tark etgandi.

8. Krishtianu Ronaldu joriy mavsum EChLda 15 ta gol bilan to'purar, Jeyms Milner esa 9 uzatma bilan eng yaxshi assistent, gol+pas tizimida esa 10 ta gol, 8 ta uzatmani bilan Roberto Firmino etakchilik qilmoqda.

9. «Liverpul» joriy mavsum EChLda 40 ta, «Real» esa 30 ta gol urdi.

10. Hozirgi «Liverpul» safidagi birorta o'yinchi shu vaqtga qadar Chempionlar Ligasi finalida o'ynamagan.«Real»da esa finallarda ishtirok etgan 17 ta o'yinchi bor.

11. «Liverpul» 3 marta musobaqani saralash bosqichidan boshlab finalga chiqdi. Ikkita finaldan birida g'alaba, birida esa mag'lubiyat («Milan»ga qarshi 2005 va 2007 yillarda).

12. Krishtianu va Karius ushbu mavsum musobaqani zaxiraga olinmagan holda to'liq o'tkazgan ikki o'yinchi bo'ldi.

13. Klopp mavsumda 24, Zidan esa 23 futbolchidan foydalanadi.

14. Finalning barcha ishtirokchilar ichida EChL eng ko'p g'alaba qozongan o'yinchi Serxio Ramos – 80 ta g'alaba.

15. Ramos ikki finalda gol urgan yagona himoyachidir (2014 va 2016).

16. Ramos gol urish borasida EChL tarixidagi to'purar himoyachilar reytingida 11 ta gol bilan 5-o'rinda. 1-o'rinda esa 16 ta gol bilan Roberto Karlos.

17. «Liverpul» darvozaboni Loris Karius 13 ta gol o'tkazib, 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

18. Karius bitta o'yinda o'rtacha 14 ta zarbani qaytargan, Navas esa 4 ta.

19. Ronaldu 3 ta finalda gol urgan yagona o'yinchi (2008, 2014 va 2017).

20. Garet Beyl Madrid klubi bilan barcha finallarida g'alaba qozongan (2014, 2016, 2017)

21. Mane—Saloh—Firmino triosi ushbu mavsum barcha turnirlarda 90 ta gol urdi, Beyl—Ronaldu—Benzem esa 74 ta.

22. Saloh Madrid klubiga qarshi «Roma» safida ikki bor maydonga tushgan va 2 ta o'yinda ham mag'lub bo'lgan.

23. Saloh «Real»ga gol ura olmagan.

24. «Liverpul» darvozasidan o'rin olgan ushbu mavsumdagi 5 ta gol burchak to'pi uzatmasidan so'ng kiritilgan.

25. Maydon tashqarisidan 6 ta gol. Joriy mavsum EChLda «Liverpul» va «Chelsi» bu borada etakchi bo'ldi.

26. Milner va Emre Jan amaldagi mavsum musobaqada eng ko'p qoida buzgan o'yinchilar (bitta o'yinda o'rtacha 17 ta fol).

27. Firmino eng ko'p yugurgan futbolchi — 119, 227 kilometr.

28. Madrid klubi eng ko'p ofsaydga tushgan — 44 ta.

29. Klopp ikki marta Evrokuboklar finalida mag'lub bo'lgan.

30. Zidan faoliyatida hal qiluvchi 7 ta o'yinda 7 ta g'alabaga erishgan.

31. Madrid klubining Angliya klublariga qarshi statistikasi 13 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat.

32. Ronaldu EChL tarixidagi eng yaxshi to'purar — 120 ta gol.

33. Ronaldu eng ko'p penaltidan gol urgan — 15 ta.

34. «Real» ushbu mavsum EChLda o'rtacha hisobda bitta o'yinga 2,5 ta gol urdi, «Liverpul»da esa bu ko'rsatkich 3,33.

35. Zidan «Liverpul»ga qarshi na o'yinchi va na murabbiy sifatida duch kelgan.

BestMaster
26 May 2018, 19:39
«real», «liverpul», uchrashuviga, qiziqarli, fakt,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads