Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'zbek klublari ham «Real», «Barselona»dek bo'la oladimi?

Avvalroq, O'zbekistonga Madridning “Real” klubi akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

.
- Yuklab olish

Avvalroq, O'zbekistonga Madridning “Real” klubi akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
 
MOQ va O'FA birinchi-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov bilan birgalikda “Real Madrid” akademiyasi menejerlarini qabul qilib, o'zaro fikr almashdi.
 
E'tiborlisi, mazkur uchrashuvda mehmonlardan o'zbek futbol klublarini ham “Real”, “Barselona” kabi jamoalar darajasiga olib chiqish borasida do'stona yordam so'raldi.

Umid Ahmadjonov amalga oshirilayotgan loyiha o'zbek futboli uchun tarixiy voqea ekanligi, kelajakda bizda ham evropalik futbolchilarga o'xshagan yoshlar etishib chiqishiga umid qilishini aytib o'tdi.
 
“Ayni paytda o'zbek futboli rivojlanib bormoqda. Oddiy misol, bir yil oldin “Paxtakor” stadioniga 450 nafar muxlis tashrif buyurardi. Bugungi kunga kelib, ushbu ko'rsatkichni 17 minggacha chiqardik. Bu yilgi o'yinlarda muxlislar tashrifi bo'yicha turli rekordlar qayd etildi. 24 minggacha muxlis stadionlarga futbol tomosha qilish uchun tashrif buyurmoqda.
 
Shuning uchun, sizlardan klublar borasida ham maslahatlar kutib qolamiz. O'rganadigan jihatlarimiz juda ko'p. O'zbekistonni o'z uyingizdagidek his qiling. O'zbek va ispan yigitlarining jussasi bir-biriga o'xshash bo'ladi. Biz hamkorlik qilish uchun bejizga Ispaniyani tanlaganimiz yo'q. Yaqinda yana ushbu mamlakatga tashrif buyuramiz.
 
Ispaniya futbol federatsiyasi bilan ham kelishuvga erishganmiz. Tashkilotning yangi rahbari bilan ham memorandum imzolab, hamkorlikda ishlashni yo'lga qo'ymoqchimiz. Yana bir marotaba O'zbekistonga hush kelibsiz deb qolamiz. Rahmat”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
Mehmonlar ham O'zbekistonda ekanliklaridan xursandliklarini ma'lum qildilar.


 
“Taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu erda ekanligimizdan xursandmiz. Yaqin orada hamkorlikni boshlaymiz. Bu borada murabbiylar malakasini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Keyinchalik bu erga bizning ikki nafar yuqori malakaga ega murabbiyimiz keladi. O'zbekiston futbolini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida hamkorlik qilishga tayyormiz” dedi Andres Antonio Borraxo.
 
Umid Ahmadjonov yaqin vaqtlar ichida O'FAda Ispaniya bilan hamkorlikda ish olib boruvchi departament ham tashkil qilinishini aytib o'tdi. Hamkorlik nafaqat akademiyalar, balki murabbiylar malakasini oshirish, tajriba almashish bo'yicha amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

BestMaster
22 May 2018, 21:49
ozbek, klublari, «real», «barselona»dek, bola, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Jonipay1987  
Испаниядан мутахассис шартмас факат пойтахт демай Насафга хам эркин уйнашга куйиб беришса шуни узи эл классико булиб кетади
23 May 2018, 01:49
 uzbrm  
Yaxshi
23 May 2018, 07:12
 el_kapitano  
1 asr kamlik qiladi real va barsa darajasiga yetiwi u.n
25 May 2018, 14:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads