Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL, final. Zidan va Klopp asosiy tarkibni aniqlab olishdimi?

Yana 5 kundan keyin Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi aniqlanadi.

.
- Yuklab olish

Yana 5 kundan keyin Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi aniqlanadi. 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida "Real" va "Liverpul" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Xo'sh, mazkur bahs uchun jamoalar bosh murabbiylari qanday tarkibdan foydalanishadi? Tahlil va taxmin qilib ko'ramiz.

"Real Madrid"
"Qirollik klubi"ning 9 nafar futbolchisi boshlang'ich tarkibdan o'rin olishi deyarli aniq. Ular: Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro, Kroos, Modrich va Ronaldu. Qolgan 2ta joyga 5 nafar futbolchi da'vogarlik qiladi: Isko, Beyl, Asensio, Benzema va Vaskes. Ulardan qaysi birini tanlab olish Zidan uchun jiddiy boshog'riq bo'ladi.

"Liverpul"
Zidandan farqli ravishda Klopp boshlang'ich tarkibni to'liq aniqlab olgan. Faqatgina bitta masala noma'lum bo'lib turibdi: "Brayton"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Jeyms Milner finalgacha tiklanishga ulguradimi yoki yo'q? Mersisaydliklar safida maydon markazini egallashi so'roq ostida turgan yagona futbolchi aynan Milner. Xenderson va Veynaldum o'z joylarini mustahkam egallab olishgan. Saloh, Mane va Firmino, shubhasiz, hujum uchligini tashkil qiladi. Mudofaa chizig'i Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk va Robertsondan iborat bo'ladi. Karius esa darvozani egallaydi.

Eslatib o'tamiz, Evropa chempionlar ligasi final bahsi 26 may kuni soat 23:45da boshlanadi.

BestMaster
21 May 2018, 20:40
final, zidan, klopp, asosiy, tarkibni, aniqlab, olishdimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 Bosqinchi  
Real oʻtgan yilgi finaldagi tarkibni tushirishi kere Ronaldo Benzima Isco qolganlar zahiradan
21 May 2018, 21:47
 Zofik  
Benzema so'ngi o'yinlarda yaxshi o'ynamoqda
21 May 2018, 22:17
 krishtiyano  
Benzema urniga asenso yoke gard bel bulsam bulardi
22 May 2018, 20:45
 Jonipay1987  
Ким тушса тушсин Реал ютади
23 May 2018, 01:38
 Jonipay1987  
Ким тушса тушсин Реал ютади
23 May 2018, 01:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads