Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» EChL finali oldidan durang o'ynadi

Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida "Real" safarda "Vilyarreal" mehmoni bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida "Real" safarda "Vilyarreal" mehmoni bo'ldi. Mazkur o'yin Zidan shogirdlari uchun Evropa chempionlar ligasi finali oldidan o'ziga xos repititsiya vazifasini o'tib berdi.

Madridliklar birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Garet Beyl individual mahorati evaziga hisobni ochgan bo'lsa, 32-daqiqada Marselo tomonidan etkazilgan ajoyib uzatmani Ronaldu bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi — 0:2.

Ushbu gollardan keyin o'yin taqdiri hal bo'lgan edi, go'yo. Ammo "sariq suvosti kemasi" ikkinchi bo'limni yuqori kayfiyatda o'tkazdi va nomdor raqibni g'alabadan mahrum qildi. Dastlab zaxiradan maydonga tushgan Roxer Martines aniq zarba bilan Lyuka Zidanni dog'da qoldirdi. O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Marselo orqa chiziqda biroz ushlanib qolishi natijasida ofsayd qayd etilmadi hamda Kastilexo darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Shu tariqa, "Real" EChL finali oldidan durang qayd etdi. "Qirollik klubi" Ispaniya chempionatining ushbu mavsumini 3-o'rinda yakunladi. "Vilyarreal" esa 5-pog'onani egalladi hamda u kelasi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etadi.

Ispaniya La ligasi, 38-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 11 Beyl, 0:2 – 32 Ronaldu, 1:2 – 70 Martines, 2:2 – 85 Kastilexo.
Vilyarreal – Fernandes, Alvaro Gonsales, Marin, Mario Gaspar, Bonera, Soriano, Rodri Ernandes, Xavi Fuego (Ad-Dosariy, 57), Fornals (Kastilexo, 77), Sansone, Unal (Martines, 67).
Real Madrid – Zidan, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Kovachich, 73), Kazemiro, Modrich (Vaskes, 62), Kroos, Beyl, Ronaldu (Benzema, 62).
Ogohlantirishlar: Modrich (48), Kastilexo (79), Alvaro Gonsales (79), Kazemiro (84), Martines (88), Kroos (89), Ad-Dosariy (90).

BestMaster
20 May 2018, 01:59
«real», echl, finali, oldidan, durang, oynadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads